ochiq
-
16 -
aksiyadorlik jamiyati
(OAJ), aksiyalari faqat oʻz ta’sischilari yoki
oldindan belgilangan doiradagi shaxslar oʻrtasida taqsimlanadigan
aksiyadorlik jamiyati esa
yopiq aksiyadorlik jamiyati
(YoAJ)
hisoblanardi.
Jahon amaliyotida ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyati keng doirada kuzatiladi hamda ular oʻrtasidagi farqli jihatlar
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin (1.1-jadval).
Bugungi kunda esa yangi tahrirdagi qonunga asosan aksiyadorlik
jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarni ochiq obuna o‘tkazish orqali
ommaviy joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek, yopiq obuna o‘tkazish
orqali xususiy joylashtirishlari mumkin.
Lekin aksiyadorlik jamiyatlari ochiq hamda yopiq aksiyadorlik
jamiyatlariga ajratilmaydi.
1.1-jadval
Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining
oʻzaro farqli jihatlari
Farqli
xususiyatlari
Ochiq aksiyadorlik
jamiyatlari
Yopiq aksiyadorlik
jamiyatlari
Aksiyadorlar
soni
Cheklanmagan
Cheklanmagan
Ustav kapitaliga
qoʻyiladigan
minimal talab
1,6 milliard soʻm
1,6 milliard soʻm
Aksiyalarning
joylashtirilishi
Ochiq obuna va fond
birjasi orqali erkin savdo
tashkil etilishi
Yopiq obuna. Aksiyalar faqat
ta’sischilar yoki oldindan
belgilab qoʻyilgan shaxslar
oʻrtasida joylashtiriladi
Aksiyalar
boʻyicha mulk
huquqini boshqa
shaxsga
oʻtkazish
imkoniyati
Cheklanmagan:
aksiyadorlar yoki jamiyat
tomonidan rozilik talab
qilinmaydi
Boshqa aksiyadorlar aksiyani
sotib olishda ustunlikka ega
boʻladi. Aksiyador boʻlmagan
boshqa shaxslarga toʻgʻridan-
toʻgʻri sotish boʻyicha
chegaralar mavjud
-
17 -
Axborotning
oshkor qilinishi
Har yili qonunchilikda
belgilangan tartibda
axborotni oshkor qilishga
majbur
Axborot oshkor qilinishi
boʻyicha hech qanday talab
mavjud emas
Ochiq obuna tashkil etilganda aksiyadorga aylangan shaxslar
o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning
roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli. Agarda aksiyadorlarning soni
ellik nafardan oshmasa hamda aksiyalar yopiq obuna shaklida tashkil
etilgan bo‘lsa aksiyadorlik jamiyati ustavida ushbu jamiyatning
boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi
shaxsga taklif etilayotgan narx bo‘yicha va shartlar asosida,
aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib
ravishda olish yuzasidan aksiyadorlar uchun; agar ushbu jamiyatning
boshqa aksiyadorlari o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan
bo‘lsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni olish
yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
O‘z aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati
to‘gʻrisida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi
shaxsga taklif etish shartlarini ko‘rsatgan holda to‘gʻridan-to‘gʻri
yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli
huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida
belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar
sotuvga qo‘yilgan paytdan e’tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan
ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyador tomonidan o‘ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq
buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va
(yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik to‘gʻrisida aksiyador yoki
jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy
ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o‘tkazilishini
sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aksiyalarni olishga bo‘lgan
ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik
jamiyatlari
filiallar
tashkil
etishlari
va
vakolatxonalar ochishlari mumkin. Filial jamiyatning jamiyat
-
18 -
joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha
vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning
vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir. Vakolatxona
esa jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan,
uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni
amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir. Aksiyadorlik jamiyati
filiallari va vakolatxonalari yuridik shaxs hisoblanmaydi, ular
jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida
ish yuritadi. Filialga va vakolatxonaga berib qo‘yilgan mol-mulki
jamiyatning
balansida
hisobga
olinadi.
Filialning
yoki
vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat
tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Filial hamda
vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan
jamiyat zimmasida bo‘ladi.
Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi
mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan
jamiyat shaklidagi sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lishi
mumkin. Sho‘ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati
majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Sho‘ba xo‘jalik
jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan asosiy
jamiyat bunday ko‘rsatmalarni bajarish uchun sho‘ba xo‘jalik jamiyati
tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho‘ba xo‘jalik jamiyati bilan
solidar javobgar bo‘ladi. Asosiy jamiyatning sho‘ba xo‘jalik
jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqi faqat sho‘ba xo‘jalik
jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyatining
ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega
deb hisoblanadi.
Sho‘ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot
bo‘lgan taqdirda asosiy jamiyat sho‘ba xo‘jalik jamiyatining
majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi.
-
19 -
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xo‘jalik jamiyatining ovoz
beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigʻiga ega
bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati tobe deb e’tirof etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta
tashkil etish (qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish)
yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tashkil etish muassislarning
(muassisning) qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish
to‘gʻrisidagi qaror ta’sis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat
bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish
haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to‘gʻrisida o‘zaro ta’sis
shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga
doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav
fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o‘rtasida
joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalarning turlari, ular uchun
to‘lanadigan haqning miqdori va uni to‘lash tartibi, muassislarning
jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Jamiyatni ta’sis etish to‘gʻrisidagi qaror muassislarning ovoz
berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini
tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari
yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to‘gʻrisidagi va
muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to‘lash uchun
kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, o‘zga mulkiy huquqlarning
yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan boshqa huquqlarning
pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar
tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O‘zbe-
kiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda
aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘gʻrisidagi qaror davlat mulkini
tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
-
20 -
Agar qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat organlari jamiyatning
muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin emas.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda
davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi
bo‘ladi.
Jamiyat muassislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis
hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta’sis yigʻilishida jamiyatni ta’sis etish to‘gʻrisida qaror qabul
qilinadi va uning ustavi tasdiqlanadi; ta’sis etish jarayonida muassislar
tomonidan tuzilgan shartnomalar tasdiqlanadi; muassislar tomonidan
aksiyalar haqini to‘lash tartibi belgilanadi; chiqariladigan
aksiyalarning turlari va soni belgilanadi; jamiyatning kuzatuv
kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisini) saylanadi; jamiyatning
ijroiya organi tuziladi. Ta’sis yigʻilishida ovoz berish muassislar
kiritadigan ulushlarga muvofiq o‘tkaziladi.
Ta’sis yigʻilishi qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul
qiladi, bundan ta’sis shartnomasini o‘zgartirish to‘gʻrisidagi qarorlar
qabul qilinadigan hollar mustasno bo‘lib, buning uchun barcha
muassislarning roziligi talab etiladi. Ta’sis yigʻilishining qarorlari
jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma
bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish davlat
mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan
qaror asosida ta’sis yigʻilishini o‘tkazmasdan amalga oshiriladi.
Bir muassisdan iborat bo‘lgan jamiyatda ta’sis yigʻilishi
o‘tkazilmaydi.
Ustav aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati bo‘lib, unda
quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi,
joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
- faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi;
- ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
-
21 -
- jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy,
imtiyozli);
-
jamiyat
boshqaruvining
tuzilmasi,
jamiyat
kuzatuv
kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari
soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Ustavda jamiyatning ustav kapitalidagi bitta aksiyadorga tegishli
bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi
mumkin.
Quyida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik
jamiyatlarida yuridik va jismoniy shaxs hisoblangan aksiyadorlarning
oʻzaro nisbati tahlili, aksiyadorlarning jamiyatlar ustav kapitalidagi
ulushi tahlili, rezident va norezidentlarning aksiyadorlik jamiyatlari
ustavidagi ishtiroki tahlilini koʻrib chiqamiz (1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |