Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

ochiq 



16 - 
aksiyadorlik jamiyati
(OAJ), aksiyalari faqat oʻz ta’sischilari yoki 
oldindan belgilangan doiradagi shaxslar oʻrtasida taqsimlanadigan 
aksiyadorlik jamiyati esa 
yopiq aksiyadorlik jamiyati
(YoAJ) 
hisoblanardi.
Jahon amaliyotida ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyati keng doirada kuzatiladi hamda ular oʻrtasidagi farqli jihatlar 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin (1.1-jadval). 
Bugungi kunda esa yangi tahrirdagi qonunga asosan aksiyadorlik 
jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarni ochiq obuna o‘tkazish orqali 
ommaviy joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek, yopiq obuna o‘tkazish 
orqali xususiy joylashtirishlari mumkin.
Lekin aksiyadorlik jamiyatlari ochiq hamda yopiq aksiyadorlik 
jamiyatlariga ajratilmaydi. 
1.1-jadval 
Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining 
oʻzaro farqli jihatlari
 
Farqli 
xususiyatlari 
Ochiq aksiyadorlik 
jamiyatlari 
Yopiq aksiyadorlik 
jamiyatlari 
Aksiyadorlar 
soni 
Cheklanmagan 
Cheklanmagan 
Ustav kapitaliga 
qoʻyiladigan 
minimal talab 
1,6 milliard soʻm 
1,6 milliard soʻm 
Aksiyalarning 
joylashtirilishi 
Ochiq obuna va fond 
birjasi orqali erkin savdo 
tashkil etilishi 
Yopiq obuna. Aksiyalar faqat 
ta’sischilar yoki oldindan 
belgilab qoʻyilgan shaxslar 
oʻrtasida joylashtiriladi 
Aksiyalar 
boʻyicha mulk 
huquqini boshqa 
shaxsga 
oʻtkazish 
imkoniyati 
Cheklanmagan: 
aksiyadorlar yoki jamiyat 
tomonidan rozilik talab 
qilinmaydi 
Boshqa aksiyadorlar aksiyani 
sotib olishda ustunlikka ega 
boʻladi. Aksiyador boʻlmagan 
boshqa shaxslarga toʻgʻridan-
toʻgʻri sotish boʻyicha 
chegaralar mavjud 



17 - 
Axborotning 
oshkor qilinishi 
Har yili qonunchilikda 
belgilangan tartibda 
axborotni oshkor qilishga 
majbur 
Axborot oshkor qilinishi 
boʻyicha hech qanday talab 
mavjud emas 
Ochiq obuna tashkil etilganda aksiyadorga aylangan shaxslar 
o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning 
roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli. Agarda aksiyadorlarning soni 
ellik nafardan oshmasa hamda aksiyalar yopiq obuna shaklida tashkil 
etilgan bo‘lsa aksiyadorlik jamiyati ustavida ushbu jamiyatning 
boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi 
shaxsga taklif etilayotgan narx bo‘yicha va shartlar asosida, 
aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib 
ravishda olish yuzasidan aksiyadorlar uchun; agar ushbu jamiyatning 
boshqa aksiyadorlari o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan 
bo‘lsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni olish 
yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin. 
O‘z aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati 
to‘gʻrisida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi 
shaxsga taklif etish shartlarini ko‘rsatgan holda to‘gʻridan-to‘gʻri 
yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart. 
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli 
huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida 
belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar 
sotuvga qo‘yilgan paytdan e’tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan 
ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 
Aksiyador tomonidan o‘ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq 
buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va 
(yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik to‘gʻrisida aksiyador yoki 
jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy 
ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o‘tkazilishini 
sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aksiyalarni olishga bo‘lgan 
ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
filiallar 
tashkil 
etishlari 
va 
vakolatxonalar ochishlari mumkin. Filial jamiyatning jamiyat 



18 - 
joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha 
vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning 
vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir. Vakolatxona 
esa jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, 
uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni 
amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir. Aksiyadorlik jamiyati 
filiallari va vakolatxonalari yuridik shaxs hisoblanmaydi, ular 
jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida 
ish yuritadi. Filialga va vakolatxonaga berib qo‘yilgan mol-mulki 
jamiyatning 
balansida 
hisobga 
olinadi. 
Filialning 
yoki 
vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat 
tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Filial hamda 
vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan 
jamiyat zimmasida bo‘ladi. 
Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida 
filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi 
mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan 
jamiyat shaklidagi sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lishi 
mumkin. Sho‘ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati 
majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Sho‘ba xo‘jalik 
jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan asosiy 
jamiyat bunday ko‘rsatmalarni bajarish uchun sho‘ba xo‘jalik jamiyati 
tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho‘ba xo‘jalik jamiyati bilan 
solidar javobgar bo‘ladi. Asosiy jamiyatning sho‘ba xo‘jalik 
jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqi faqat sho‘ba xo‘jalik 
jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyatining 
ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega 
deb hisoblanadi. 
Sho‘ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot 
bo‘lgan taqdirda asosiy jamiyat sho‘ba xo‘jalik jamiyatining 
majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi.



19 - 
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xo‘jalik jamiyatining ovoz 
beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigʻiga ega 
bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati tobe deb e’tirof etiladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta 
tashkil etish (qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) 
yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. 
Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tashkil etish muassislarning 
(muassisning) qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish 
to‘gʻrisidagi qaror ta’sis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat 
bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish 
haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. 
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to‘gʻrisida o‘zaro ta’sis 
shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga 
doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav 
fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o‘rtasida 
joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalarning turlari, ular uchun 
to‘lanadigan haqning miqdori va uni to‘lash tartibi, muassislarning 
jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. 
Jamiyatni ta’sis etish to‘gʻrisidagi qaror muassislarning ovoz 
berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini 
tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari 
yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak. 
Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to‘gʻrisidagi va 
muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to‘lash uchun 
kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, o‘zga mulkiy huquqlarning 
yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan boshqa huquqlarning 
pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar 
tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. 
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O‘zbe-
kiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda 
aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘gʻrisidagi qaror davlat mulkini 
tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. 
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi. 



20 - 
Agar qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat organlari jamiyatning 
muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin emas. 
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda 
davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi 
bo‘ladi. 
Jamiyat muassislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis 
hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Ta’sis yigʻilishida jamiyatni ta’sis etish to‘gʻrisida qaror qabul 
qilinadi va uning ustavi tasdiqlanadi; ta’sis etish jarayonida muassislar 
tomonidan tuzilgan shartnomalar tasdiqlanadi; muassislar tomonidan 
aksiyalar haqini to‘lash tartibi belgilanadi; chiqariladigan 
aksiyalarning turlari va soni belgilanadi; jamiyatning kuzatuv 
kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisini) saylanadi; jamiyatning 
ijroiya organi tuziladi. Ta’sis yigʻilishida ovoz berish muassislar 
kiritadigan ulushlarga muvofiq o‘tkaziladi. 
Ta’sis yigʻilishi qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul 
qiladi, bundan ta’sis shartnomasini o‘zgartirish to‘gʻrisidagi qarorlar 
qabul qilinadigan hollar mustasno bo‘lib, buning uchun barcha 
muassislarning roziligi talab etiladi. Ta’sis yigʻilishining qarorlari 
jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma 
bilan rasmiylashtiriladi. 
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish davlat 
mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan 
qaror asosida ta’sis yigʻilishini o‘tkazmasdan amalga oshiriladi. 
Bir muassisdan iborat bo‘lgan jamiyatda ta’sis yigʻilishi 
o‘tkazilmaydi. 
Ustav aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati bo‘lib, unda 
quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: 
- jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi
joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
- faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi;
- ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori; 



21 - 
- jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, 
imtiyozli); 

jamiyat 
boshqaruvining 
tuzilmasi, 
jamiyat 
kuzatuv 
kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari 
soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari. 
Ustavda jamiyatning ustav kapitalidagi bitta aksiyadorga tegishli 
bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi 
mumkin. 
Quyida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik 
jamiyatlarida yuridik va jismoniy shaxs hisoblangan aksiyadorlarning 
oʻzaro nisbati tahlili, aksiyadorlarning jamiyatlar ustav kapitalidagi 
ulushi tahlili, rezident va norezidentlarning aksiyadorlik jamiyatlari 
ustavidagi ishtiroki tahlilini koʻrib chiqamiz (1.1-rasm). 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin