-
4 -
tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan
birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga
imkon beradi. Buning uchun esa tayyorlanayotgan iqtisodchi
mutaxassislarning korporativ moliya boʻyicha bilim,
malaka va
koʻnikmaga ega boʻlishlari talab etiladi. Mazkur darslik ham aynan
shu maqsadda nashrga tayyorlangan.
Umuman, korporativ moliyani samarali tashkil etish strategiyasini
toʻgʻri belgilash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida va xalq turmush
farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “... avvalambor
roʻy berishi mumkin boʻlgan turli falokatlar,
jahon iqtisodiyotining
yuksalishi va inqirozini oldindan koʻrish imkonini beradigan, har
tomonlama chuqur oʻylangan, aniq maqsad va ustuvor yoʻnalishlarni
oʻz ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish
strategiyasiga ega boʻlgan mamlakat va xalq pirovard natijada
muvaffaqiyatga
erishadi”
2
.
Shundan
kelib
chiqqan
holda
mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish maqsadida
Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan korporativ moliyani
samarali tashkil etish va rivojlantirishga doir qator chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Mazkur darslikda korporativ moliyaning
iqtisodiy mohiyati va
tashkiliy xususiyatlari, korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning
roli, korporativ tuzilmalar faoliyatida moliya bozorining oʻrni, pul
mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash masalalari, oʻz
mablagʻlari va qarz mablagʻlari hisobiga faoliyatni moliyaviy
ta’minlash masalalari, korxonalar faoliyatiga xorijiy kapitalni jalb
etish yoʻllari, kapital bahosini aniqlash,
moliyaviy aktivlar
daromadliligini baholash yoʻnalishlari, sof joriy qiymat usulida
investitsion qarorlar qabul qilish, risk va daromadlilikning oʻzaro
bogʻliqligi, opsionlarning qoʻllanish xususiyatlari, dividend siyosati,
korxonalarda soliqlarni rejalashtirish,
korporativ birlashishlar va
2
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.: Oʻzbekiston, 2010. 6-bet.
-
5 -
qoʻshib olishlar kabi masalalar ham nazariy, ham amaliy jihatdan
yoritib berilgan.
Darslik 5230600 – “Moliya”, 5111000 – “Kasb ta’limi (5230600
– Moliya)”
2
, 5232100 – “Korporativ moliya” bakalavriat ta’lim yoʻna-
lishlariga moʻljallangan boʻlsada, undan boshqa iqtisodiy yoʻnalishlar
va mutaxassisliklar talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-oʻqituv-
chilar hamda amaliyotchi mutaxassislar ham oʻz faoliyatlarida keng
foydalanishlari mumkin. Har bir bob yakunida keltirilgan oʻz-oʻzini
nazorat qilish boʻyicha savollar, test variantlari kitobxonlarning
mavzuni chuqurroq oʻrganishlariga xizmat qiladi.
Korporativ moliya sohasi boʻyicha oʻzbek
tilida adabiyotlarning
nisbatan kamligi, shuningdek, muallifning ayni paytda ham mazkur
sohada tadqiqotlar olib borayotganligini inobatga olgan holda darslik
bilan tanishish jarayonida tugʻilgan muammoli savollar, fikr-
mulohazalar, takliflar, ma’lum bir kamchiliklar yuzasidan samimiyat-
uz@mail.ru elektron pochtasiga murojaat qilishingizni soʻraymiz va
Sizning murojaatingiz muallifning keyingi ilmiy tadqiqot ishlarida
inobatga olinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: