Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
 
 
 
 



6 - 
 
 
I BOB. KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI
VA UNING TASHKIL ETILISHI 
 
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati
va tamoyillari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi 
uning har bir bo‘g‘in faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. 
Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ 
moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish nafaqat har 
bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida 
muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin. Shundan kelib 
chiqqan holda avvalo korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyatiga 
to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Bu borada tadqiqotlar olib borgan ingliz iqtisodchi olimlaridan
Richard A.Brealey, Stewart C.Myers, Franklin Allenlar “Korporativ 
moliya bu barchasi bozor qiymatini maksimallashtirish haqidadir”,
3
deb ta’kidlashsa, fransuz iqtisodchi olimlaridan Pierre Vernimmen, 
Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvilar 
“Korporativ moliya nafaqat nazariy darslik, balki amaliy qo‘llanma 
hamdir”,
4
deya fikr bildirishadi. Shuningdek, Stephen A.Ross, 
Randolph W.Westerfield, Bradford D.Jordanlar korporativ moliyaga 
quyidagicha yondashadilar: “Korporativ moliya umumiy holda “Uzoq 
muddatli investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak?”, “Uzoq muddatli 
moliyalashtirishni qayerdan olmoqchisiz: qo‘shimcha ta’sischi jalb 
qilasizmi yoki qarz olasizmi?”, “Kundalik moliyaviy faoliyat bo‘yicha 
xaridorlardan tushumlar va mol yetkazib beruvchilarga xarajatlarni 
qanday tartibda boshqarasiz?” kabi uchta savolga javob topish 
3
Richard A. Brealey, Stewart C. Myers, Franklin Allen. Fundamentals of Corporate Finance. 
Seventh Global Edition. McGraw-Hill Education, 2014. p.51. (1341 p.) 
4
Pierre Vernim
men, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur,Antonio 
Salvi.Corporate finance: theory and practice. Fourth edition. Wiley, 2014. p.10. (997 p) 



7 - 
yo‘llarini o‘rganishdir”.
5
Bizning fikrimizcha, korporativ moliya – 
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda 
birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan 
tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni 
anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy 
vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini 
qanoatlantirish maqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish 
belgilanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday 
subyekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu 
jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning 
jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi. 
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisob-
lanadi. Pul mablagʻlarining subyektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati 
moliyaviy munosabatning yuzaga kelishning asosiy shartidir. 
Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik 
faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli 
moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma 
doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan 
foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat 
qiladi.
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik 
faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs 
tushunchasi esa oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ 
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz 
majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz 
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan 
va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, 
sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi. 
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabat-
larni iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 
guruhlash mumkin: 
5
Stephen A. Ross, Randolph W. Westerfi eld, Bradford D. Jordan. Fundamentals of Corporate 
Finance. McGraw-Hill/Irwin, 2013. p. 49 (824 p.) 



8 - 
- ta’sischilar oʻrtasida; 
- alohida korxonalar oʻrtasida; 
- korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida; 
- korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida; 
- korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliya-
sanoat guruhlari tarkibidagi biznes subyektlari oʻrtasida, xolding 
tarkibidagi biznes subyektlari oʻrtasida; 
- korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida; 
- korxonalar va bank tizimi oʻrtasida; 
- korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida; 
- korxonalar va fond birjalari oʻrtasida; 
- korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.
Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli 
maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va 
vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali 
xoʻjalik faoliyatini kerakli mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga 
oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari 
harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika 
jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy 
etadi; subyektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; byudjet, bank va 
hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida 
muhim rol oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini 
samarali tashkil etish va rivojlantirish aniq tamoyillarga asoslanadi. 
Ular korporativ tuzilmalarning ta’sis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan 
maqsad va vazifalar bilan bevosita bogʻliq va ular quyidagilar: 
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish; 
- oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini moliyalashtirish; 
- aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz 
manbalariga ajratish
- moliyaviy zaxiralar tashkil etish. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin