-
357 -
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi
almashuviga olib keladigan boshqa
harakatlar;
qoʻshib olish
(acquisition)
– bir kompaniyaning boshqa bir
kompaniya ustidan nazorat oʻrnatishi va oʻzini ushbu kompaniyaning
yangi egasi deb e’lon qilishi;
qoplash muddatigacha daromadlilik
(Yield to maturity)
–
investorning qimmatli qogʻozni qoplash
muddatigacha saqlashi
natijasida olishi mumkin boʻlgan daromadlilik darajasi.
shoʻba xoʻjalik jamiyati
(subsidiary company)
– bir (asosiy)
xoʻjalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav
fondida undan ustunlik mavqeiga ega boʻlgan
holda ishtirok etishi
tufayli yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo
boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega boʻlgan holatdagi
ikkinchi xoʻjalik jamiyati;
sindikatsiyalashgan kredit
(syndicated credit)
–
bitta qarz
oluvchining keng koʻlamli xoʻjalik dasturlari yoki yirik investitsion
loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida kreditorlar
tomonidan oʻzaro birlashgan holda taqdim
etiladigan uzoq muddatli
kredit;
soliqlarni rejalashtirish
(tax planning)
– qonunchilik tomonidan
taqdim etilgan yengilliklar va soliq majburiyatlarini kamaytirishning
boshqa qonuniy usullaridan foydalangan holda soliqlar va majburiy
ajratmalar boʻyicha belgilanadigan moliyaviy rejalashtirish turi;
transmilliy
Dostları ilə paylaş: