Riskniyoqtirmaslik(xushko‘rmaslik,qabulqilmaslik,tanolmaslik). Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi?
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapi-taldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur. Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar65 riskka toqati yo‘q kishilar66ga kafolatlangan foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, risk uchun mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar
Axborotxizmatlariniko‘rsatuvchifirmalar
Banklar va boshqa depozit-jamg‘arma muassasalari
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq
65 Bunday kishilar toifasiga kimlarni kiritsa bo‘ladi? Ularning shu toifaga kiritilishiga nimalar asos bo‘lishi mumkin?
66 “Riskka toqati yo‘q kishilar” – ular kimlardan iborat? Nega ular shunday deb nomlanadi? Ularning bunday nomni olishlariga nimalar sabab bo‘lgan?
samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyi-dagicha tasavvur etish mumkin (8.1- rasm):