O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə55/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari


Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi qoidalar sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir.


  1. Buxgalteriya hisobi tizimlari


Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u ma’lum bir standart shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan buxgalteriya hisobi deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi. Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Hozirgi



71 “Sektor” lotincha “sektor” – qirquvchi, qirqib ajratuvchi. 1. Doiraning yoy va ikki radius bilan cheklangan qismi va shu shakldagi narsa. 2. Yaxlit bir hududning ma’lum radius va chegaralar bilan cheklangan qismi, alohida ajratilgan hudud. 3. Ba’zi idora va muassasalarning muayyan faoliyatga ixtisoslashgan bo‘limi. 4. Xalq xo‘jaligining muayyan iqtisodiy va ijtimoiy belgilar bilan ajralib turadigan qismi, sohasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.475.
kungacha buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanishida asosiy “sakrash” bo‘lgan ikki tomonlama yozish uslubidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish – Italiyada – Uyg‘onish davrida sodir bo‘ldi. Mazkur uslubning yuzaga kelishida savdo va bank ishlari sohasidagi murakkab moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borishga bo‘lgan talab rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.



    1. Yüklə 4,09 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin