Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi (cash cycle life) – bu firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 14.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi tovar-moddiy zaxiralarining korxona-daligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatidan iborat bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik
qarzi muddati olib tashlanadi, ya’ni :
Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar kreditorlik qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, tovar-moddiy zaxiralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatini o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umuman keragi yo‘q bo‘ladi.
Qanday amal (harakat)lar kompaniyalarning aylanma kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi? Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini hisoblash tenglamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi mumkin:
Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish. Bunga erishish uchun tovar-moddiy boyliklar harakatini boshqarish jarayonini takomillashtirish yoki mahsulotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘ilgan