Firma o‘sishi sur’ati uning barqaror o‘sishi koeffitsiyentidan past bo‘lgandagi vaziyat tashqi moliyalashtirish summasiga qanday ta’sir qiladi?
Aylanma kapitalni boshqarish
Aksariyat kompaniyalarning ishlab chiqarilgan mahsulot yoki tovarlarni sotishdan biror-bir daromad (foyda) olishlridan oldin amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lari sarflashlariga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida firma aktivlarining ma’lum qismlari, masalan, tovar-moddiy zahiralar va olinishi kerak bo‘lgan hisoblar (debitorlik qarzlari), odatda, uning majburiyatlaridan, ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (kreditorlik qarzlari) va to‘planib qolgan qarzlardan oshadi. Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi farq aylanmakapital (working capital) deb ataladi. Agar kompaniyaning aylanma kapitalga ehtiyoji mavsumiy emas, balki doimiy xususiyatga ega bo‘lsa, odatda, kompaniya uzoq muddatli moliyalashtirishni olishga harakat qiladi. Mavsumiy ehtiyojlar qisqa muddatli qarzlar, masalan, bank kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Firma aylanma kapitalini boshqarishning asosiy prinsipi daromadsiz aktivlar, masalan debitorlik qarzlari va tovar-moddiy zahiralariga sarflangan mablag‘larni imkon qadar kamaytirishdan, va “foizsiz” kreditlardan, ya’ni a) mijozlar oldindan to‘lagan mablag‘, b) hisoblangan, ammo to‘lanmagan mehnat haqi va v) kreditorlik qarzlaridan maksimal darajada foydalanishdan iborat. Pul mablag‘larining bu uchta manbai firma uchun bepul hisoblanadi. Chunki, odatda, ularga aniq (ochiq) foiz stavkasi hisoblanmaydi79.
Ma’lum chora-tadbirlar va tartiblar kompaniya o‘z mahsulotini sotgan payt
79 Agarda firma to‘lovlarni bo‘nak (avans) tarzida amalga oshiruvchi xaridorlarga chegirmalarni taklif etsa, u holda bunday chegirmalar miqdori noaniq foizli to‘lov hisoblanadi. Agar firma mahsulot (mol) yetkazib beruvchi tomonidan taklif etilgan chegirmadan voz kechib, bu orqali hisoblar bo‘yicha to‘lovlari muddatini uzaytirsa, bunday chegirma ham noaniq foizni namoyon etadi.
bilan pul hisob raqamiga kelib tushgan payt oralig‘idagi vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Aynan shu tadbirlarni amalga oshirish orqali firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish mumkin. Ideal holatda, har bir firma yetkazib beriladigan tovar uchun mijozlardan avans olishga intilishi kerak. Bundan tashqari, o‘ziga zarur resursni sotib olish va haqini to‘lash o‘rtasidagi vaqtni uzaytirish orqali aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirishi mumkin.
To‘lov vaqti va amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilab tushunish uchun 2-rasmni diqqat bilan o‘rganing.
Буюртма олинди
Омборга етказилди
Тайёр маҳсулот
Сотилган маҳсулот учун пул