O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Operativ leverejning FSTD ga ta’sir qilish mexanizmi: Pierce Grain kompaniyasi savdo hajmining o’sishi



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə141/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
“Moliya” kafedrasi

Operativ leverejning FSTD ga ta’sir qilish mexanizmi: Pierce Grain kompaniyasi savdo hajmining o’sishi


Ko’rsatkich

Bazis davrdagi
savdo hajmi, t

Prognoz davridagi
savdo hajmi, t+1

O’zgarish,
foizda

Savdo hajmi

$300,000

$360,000

+20%

Minus: Jami o’zgaruvchan
xarajatlar

$180,000

$216,000




O’zgarmas xarajatlardan
oldingi daromad

$120,000

$144,000




Minus: Jami o’zgarmas
xarajatlar

$100,000

$100,000




FSTD

$ 20,000

$ 44,000

+120%



Moliyaviy leverej
Moliyaviy leverej aksiyadorlarga beriladigan oxirgi foydani ko’paytirish maqsadida firma aktivlarining bir qismini o’zgarmas (chegaralangan) foydalilik darajasiga ega qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirish natijasida paydo bo’ladi. Korporatsiya moliyaviy strukturasida qarz mablag’lari yoki imtiyozli aksiyalardan foydalanish haqidagi qaror firmaning oddiy aksiyalari egalarining moliyaviy riskka borishlarini anglatadi. FSTD dagi istalgan o’zgaruvchanlik darajasi firmaning moliyaviy leverejidan foydalanishi orqali bir necha marta kattalashtirib yuboriladi. Bunday qo’shimcha o’zgaruvchanlik oddiy aksiya egalari olishi mumkin bo’lgan foyda va bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda o’zgaruvchanligida o’z aksini topadi.
Endi kompaniyaning bir aksiyasiga to’g’ri keluvchi foydasining uning FSTD idagi o’zgarishlarga qanday javob berishini ko’rib chiqaylik. (Biz bu bilan bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda barcha moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun munosib mezondir, demoqchi emasmiz. Darvoqe, bunday fikrning naqadar kuchsiz ekanligini biz keyinroq ko’rib chiqamiz. Albatta, moliyaviy leverejdan foydalanish bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaga aniq bir yo’sinda ta’sir qiladi.)
Keling, Pierce Grain kompaniyasini o’z faoliyatini boshlash jarayonida deb hisoblaylik. Firmaning potensial egalari biznesni yuritishga kerak bo’ladigan aktivlarni sotib olish uchun taxminan $200,000 mablag’ga egalar. $200,000 ni shakllantirish uchun uchta ehtimoliy moliyaviy reja aniqlangan bo’lib, ular 4 jadvalda berilgan. A rejaga ko’ra moliyaviy risk bo’lmaydi: $200,000 ning hammasi narxi $100 bo’lgan 2000 dona oddiy aksiya emissiya qilish orqali
shakllantiriladi. B rejada esa risk darajasi o’rtacha bo’lishi nazarda tutilgan: aktivlarning 25 foizini yillik 8 foizlik foiz stavkasiga ega obligatsiya chiqarish orqali moliyalashtiriladi. C reja esa eng yuqori moliyaviy leverejni ko’zda tutadi: aktivlarning 40 foizi yillik foiz stavkasi 8 foiz bo’lgan obligatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi.

21.4-jadval



Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin