O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə41/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
“Moliya” kafedrasi

4-nazoratuchunsavol

Siz 50 dollarga aksiya xarid qildingiz. Yil davomida unga 1 dollar
miqdoridagi dividend puli hisoblanmoqda va Siz yil oxiriga mazkur qimmatli qog‘ozlarning kursi 60 dollarni tashkil etishini rejalashtir-moqdasiz. Siz qanday daromadlilik stavkasini olishni mo‘ljallayapsiz? Agar qimmatli qog‘ozlarning kursi aslida 40 dollarni tashkil etsa, Sizning haqiqatdagi daromadlilik stavkangiz qanday bo‘ladi?



    1. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi


Qimmatli qog‘ozlar kursini umumlashtirib ko‘rsatishga imkon beruvchi mezonning mavjudligi qo‘l keladigan ko‘plab holatlar mavjud. Misol uchun, aksiyadorlarga investitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan indikator yoki o‘z investitsiyalari rentabelligini baholash imkoniyatini beradigan qandaydir etaloniy kriteriy kerak bo‘ladi. 7.2-jadvalda eng muhim milliy fond birjalarida muomalada bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar uchun foydalaniladigan, odatda moliyaviy nashrlarda birinchi navbatda e’lon qilinadigan asosiy fond indekslari ro‘yxati keltirilgan.
7.2-jadval

Dunyodagi asosiy fond indekslari





Mamlakatlar

Indekslar

AQSh

Dow Jones Index, Standard & Poor's 500

Yaponiya

Nikkei, Topix

Buyuk Britaniya

FT-30, FT-100

Germaniya

DAX

Fransiya

CAC 40

Shveysariya

CreditSuisse

Yevropa, Avstraliya, Uzoq Sharq

MSCI, EAFE

Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja (fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strate-giyasiga indeksatsiyalash deyiladi. Uning asosida quyidagi oddiy haqiqat yotadi: birgalashib o‘z kapitalini qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan barcha inve-storlar butun fond birjasi daromadliligidan ko‘proq rentabellikka erisha olmaydilar.


Indeksatsiyalash strategiyasini qo‘llagan holda, menejer o‘z investitsiya fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etishga urinadi. Bu tarkibiy tuzilma asosida mo‘ljal sifatida tanlangan indeks olinadi. U o‘z fondining aksiyalari paket54iga barcha qimmatli qog‘ozlarni mazkur indeks hisoblanadigan narxlar asosida, mazkur indekslar bazasi juda yuqori bo‘lganda esa, faqat reprezentativ tanlab olinganlarinigina qo‘shadi. Bunday hollarda, pul mablag‘larini “aktiv” boshqarish usulini ishlatishga yoxud indeks-mo‘ljaldan “o‘zib ketish”ga intilib, alohida qimmatli qog‘ozlarga yoki iqtisodiyot sohalariga umid qilishga



54 “Paket” fransuzcha “paguet” – tuguncha, bo‘g‘cha; xalta. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B.206.

urinishlar qilin-maydi. Shunga ko‘ra, indeksatsiyalash – bu keng diversifikatsiyaga va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligiga tayangan passiv55 investitsiya strategiyasidir.


Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqariladigan fondlar-nikiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega aktiv boshqariladigan fondlar har doim mavjud bo‘ladi. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham mumkin. Ayrim investitsiya portfelini boshqa-ruvchilar shunchaki tasodif tufayli qo‘ygan kapitalidan faqat yuqori foydani va hattoki, davomli “omad kelishi” davrida investitsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. Bundan tashqari, shunday menejerlar borki, ular mislsiz qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, shu tufayli investitsiya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida yuqori foyda keltiradi.
Investorning rahbarligi aktiv boshqarish strategiyasiga asoslangan fondlarni tanlashdagi muammo shundaki, ulardan qay biri uzoq vaqt davomida yetakchi bo‘lib qolishini oldindan aniqlab bo‘lmaydi.

Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin