Sharq mutafakkirlarining psixologik g'oyalari



Yüklə 98,94 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü98,94 Kb.
#181383
  1   2   3   4
Sharq mutafakkirlarining psixologik g\'oyalari

Sharq mutafakkirlarining psixologik g'oyalari

Reja:

  • 1.Psixologiyaning O’rta Osiyo hududiga kirib kelishi.
  • 2.Al Farobiy va Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari.
  • 3.Ibn Sino va M. Qoshg’ariylarning falsafiy va psixologik qarashlari.

O’rta Osiyoda ilm-fan ma’rifatning rivojlanishi

  • Umumiy tarix doirasida ham o’rta asrlarda SHarq uzoq vaqt g’arbga nisbatan ilgarilab ketgan. Xitoy, Hind, Arab, Eron, O’rta Osiyo madaniyati bu davrda g’arbga nisbatan erta rivojlangan.
  • O’rta Osiyoda ilm-fan ma’rifatning rivojlanishi, bu hududdagi ilmiy dunyoqarashlar bilan belgilanadi. Bizning davrimizgacha arab istilosigacha bo’lgan davrdagi ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan. CHunki arab xalifaligining O’rta Osiyoga Islom dinining yoyilishi va buning oqibatida O’rta Osiyoda bu diniy qarashlariga qarama-qarshi bo’lgan yozma adabiyotlarning hammasi mutlaqo yo’q qilib yuborilgan.

O’rta Osiyoda ilm-fan ma’rifatning rivojlanishi

  • O’rta Osiyodagi o’zaro feodal urushlar ham ilm-fan va madaniyatning taraqqiyotiga salbiy ta’sir etgan. XSH asrda O’rta Osiyoni mo’g’ullar bosib oladi va o’rta asrlarda yaratilgan fan va madaniyat sohasidagi ilmiy adabiyotlarning to’plangan qismi shu bosqinchilar tomonidan yo’q qilib yuboriladi. SHunga qaramasdan O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlangan deb ayta olamiz.
  • O’rta asrlarda O’rta Osiyoda qator-qator olimlar, mutafakkirlar yashab ijod etgan. Ular faqat dinga talluqli fanlardangina rivojlanib qolmasdan, ilm-fanning shunday sohalari: riyoziyot, falsafa, astranomiya, meditsina, pedagogika, anatomiya, etika-estetika, psixologiya va hakazo fanlar bo’yicha butun jahon tan oladigan darajada ilmiy asarlar yaratgan. Bu asarlarni faqat O’rta Osiyo kitobxonlari o’qib qolmasdan, balki butun jahondagi taraqqiyparvar mutafakkirlar ham o’quv risolasi sifatida foydalangan, ana shunday olimlardan biri Abu Nosir Muhammad Ibn Tarxan (Al Farobiy)-870-950 yillarda Farob shahrida tug’ilgan. Farobiy Aristotel’ va Platonning ishlarini O’rta Osiyoda keng ommalashtirgan, shuning uchun g’arbda ikkinchi muallim degan nom olgan.

Yüklə 98,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin