Sharq mutafakkirlarining psixologik g'oyalari



Yüklə 98,94 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü98,94 Kb.
#181383
1   2   3   4
Sharq mutafakkirlarining psixologik g\'oyalari

Farobiy falsafasi

  • Farobiy yozgan asarlaridan bizning e’tiborimizga falsafa, pedagogika, psixologiya, etika-estetika bo’yicha asarlari qiziqtiradi. Farobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanadi. Ahloq-tushunchasi Farobiy inson xarakteri bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaydi. CHunki xarakterdagi har bir xislatlarni yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. SHunga asosan inson ahloqini faqat yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun 4 ta to’siq bor:
  • hurmatsizlik
  • ahloqsizlik
  • o’zgaruvchanlik
  • ikkilanish

Abu Rayhon Beruniy qarashlari

  • Abu Rayhon Beruniy-953-1050 yilda o’zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogik qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqida fikrlaridir. Beruniyning «qadimgi avlodlar obidalari» asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq - atvorida mavjud bo’lgan ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tadi. Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o’z fikrini bayon qiladi. Beruniyning fikricha oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hech bir to’siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo’ladi deb tushuniladi. Beruniy psixologiya sohasida aniq bir asar yozmagan bo’lsa ham, Farobiy ta’limoti ta’sirida inson shaxsining kamoloti, uning aql-idroki, ruhiy taraqqiyoti haqidagi o’zining psixologik va pedagogik qarashlarini hamma asarlarda to’liq bayon qiladi.

Abu Rayhon Beruniy qarashlari

  • «Mineralogiya», «Hindiston», hislar bilan seziladigan va aql bilan bilinadigan bir qator kitobning tarjimasi-degan kitob va risolalarida o’zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko’p, g’oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud.
  • Beruniy olamni ob’ektiv reallik, inson irodasidan tashqarida mustaqil ravishda mavjud bo’lgan borliq sifatida qaraydi. Beruniy kishi ongi. Tafakkuri va ruhiyatini moddiy jismdan keltirib chiqargan holda tasavvur etadi.
  • Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo’lgan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya’ni suv, olov, havo er, bo’shliq yotishini hamda dunyoni bilish jarayonida bilimlarimizning manbaini sezgi a’zolarimiz va ular orqali qabul qilgan hissiy bilmimiz tashkil etadi deb ta’kidlangan. U «agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda olam tasavvurga ega bo’lmasdik. Umuman inson narsa va jismlarning rangini bilmagan bo’lardik» deydi. Bunda Beruniy sezgi organlar fasliyatiga baho berib materialistik pozitsiyada turganligini ko’ramiz.

Yüklə 98,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin