Mahmud Qoshg’ariy. X1 asrda yashab o’tgan alloma, Turkmaniston erlarida yashab o’tgan.
U o’sgan, ya’ni O’rta Osiyo hududida yashaydigan xalqlarning qabila va elatlarning urf- odatlari, an’analari, e’tiqodlarini, o’zining shu davrgacha saqlanib qolgan asari «^ Devoni lug’ati turk» da bayon qiladi. Qoshg’ariy psixologiya sohasida biron-bir to’laqonli fikr aytmagan bo’lsa ham, o’zining olib borgan izlanishlar bilan etnopsixologiyaning mo’’lum yo’nalishlariga asos soldi.
Unsurmoniy Kaykovus -1022 yilda tug’ilib 63 yoshida o’zining «Qobusnoma» asarini yozgan. Bobosi Kobus o’ta zolim, ayovsiz xukmdor bo’lgan. «Qobusnom» asarining psixologik nuqtai nazaridan analiz qiladigan qismi-bu –27 bobi hisoblanadi. Bu bob «Farzandlarni parvarish qilish fikrida» deb ataladi. Unda farzandning ota-onani hurmat qilish, oila tarbiyasi, oilada ota-onaning farzandiga tarbiya berish usullari va farzandlarni parvarish qilishda uning yosh davrlarga e’tibor berish haqida to’xtaladi. Bu bob psixologik nuqtai nazardan juda ham ahamiyatga egadir.