O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setka



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setka 
Mehnatga haq 
to‘lash bo‘yicha 
razradlar 
Nolinchi razradga 
nisbatan tarif 
koeffitsiyentlari 
Mehnatga haq to‘lash 
bo‘yicha razradlar 
Nolinchi razradga 
nisbatan tarif 
koeffitsiyentlari 










10 
11 
1,000 
2,377 
2,616 
2,878 
3,165 
3,467 
3,783 
4,112 
4,454 
4,797 
5,147 
5,503 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
18 
19 
20 
21 
22 
5,870 
6,242 
6,617 
7,000 
7,388 
7,781 
8,180 
8,585 
8,995 
9,411 
9,830 
Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning 
mehnatiga to‘lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning 
koeffitsiyentiga ko‘paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif setkasini 
budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar qo‘llashga 
majbur. 
O‘zining moliyaviy faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, 
aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi 
asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa mulk 
shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida 
xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi. 


133 
Тarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan nolinchi razryadning minimal 
ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan 
o‘rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o‘rtacha oy fondi) qarab 1-
razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o‘lchami aniqlanadi. Chunonchi, 
nolinchi razradning minimal ish haqisi 28040 so‘m va (40 soatlik ish haftasida) ish 
vaqtining o‘rtacha oylik fondi 169,2 soat bo‘lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining 
o‘lchami 165,72 so‘m bo‘ladi (28040 : 169,2). 
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay 
ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo‘yicha 
tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini ishlab chiqishi 
mumkin. Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish 
ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi. 
Hozirgi vaqtda byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va 
korxonalarda xodimlar mеhnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi 
218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga asosan olib 
boriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari orqali turli xil 
razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mеhnatga haq to‘lash nisbatini 
namoyon etadi. 
Shundan kеlib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi 
razryad tarif stavkasini uning razryadiga mos bo‘lgan koeffitsiеntga ko‘paytirish 
yordamida hisoblanadi. Shunday qilib, xodimning oylik ish haqi quyidagiga tеng: 
28040 x 2,377= 66651,08 so‘m,
bu еrda: 
28040
29
- nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan 
bеlgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas. 
2,377 - YaTSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsiеnti.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementi bo‘lib, mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga yoki ma‘lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish 
hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o‘lchamini belgilovchi, mehnatni 
normalashtirish hisoblanadi. 
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy 
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi. Normal 
ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo‘ladigan 
normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish 
normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma‘lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda 
ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi. 
Korxonalarga mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash 
huquqi berilgan. Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. 
Mehnatga ishbay shaklida haq to‘langanda ish haqi, mahsulotning sifati
murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot 
birligining miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish 
29
2008 yil 16 noyabrdan boshlab eng kam oylik ish haqi miqdori 28040 so‘m miqdorida bеlgilandi (O‘zR 
Prеzidеntining 22.10.2008 y.dagi "Ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish 
to‘g‘risida"gi Farmoni).


134 
sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga 
bog‘liq. 
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda, 
mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq 
to‘lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat‘iy tekshirish zarur. 
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to‘lash tizimlariga 
bo‘linadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin