O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

b) iqtisodiy erkinlik printsipi 
 
Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog’lab 
turuvchi va ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini 
beruvchi mexanizmning bo’lishini taqozo etadi. Bunday mexanizm 
bozor hisoblanadi. Bozor to’g’risida A.Smit ta’limo-tidagi asosiy g’oya
iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning iqti-sodiyotga aralashuvini 
minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho 
yordamida iqtisodiyotning o’zini -o’zi boshqarish g’oyasi hisoblanadi. 
Uning ta’limotiga ko’ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi 
(koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlarini uyg’unlashtiradi. 
Bozor iqtisodiyoti nov-voyni shirin non yopishga, bog’bonni ekologik 
toza meva-sabzavot etishtirishga, savdogarlarni boshqa mintaqalardan 
arzon bahoga tovarlar olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida 
iste’mol-chilar ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqa-
ruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko’proq foyda olish ishtiyoqida 
bo’lgan tadbirkorlarning bir tomonlama manfaatlari, ularni ja-miyatning 
boshqa a’zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi. 
“Menga nima kerak bo’lsa, shuni menga ber va sen o’zingga nima 
kerak bo’lsa o’shani olasan”. Aynan shunday ko’rinishda odamlar 
o’zlari ehtiyoj sezgan narsalarni bir-birlaridan ko’proq olishga 
erishadilar. 
A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqa-larning 
erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning 
fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmron-lik qiladi: agar 
erkin raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomil-lashuvga olib 
kelgan bo’lar edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o’zgarmas «tabiiy» 
iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi 
bo’yicha, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy man-faatlardan ustun tursa, ya’ni 
jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig’indisi deb 
qaralsa, shundagina bozor qonun-lari iqtisodiyotga ko’proq ta’sir 
ko’rsatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u 
birinchi bo’lib iqtiso-diyotni o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq 
amal qiluvchi, ob’ektiv, odamlarning irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim 
67


sifatida qaraydi. Bunday tizim o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq 
amal qiladi. 
A.Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko’r-satib 
o’tadi. «Har xil sabablarga ko’ra,– deb yozadi u, – hukumat doimo va 
beistisno tarzda isrofgar. Eng avvalo, u birovlar ish-lab topgan pulni 
sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha o’zing-nikidan ko’ra behuda 
sarflaysan. Bundan tashqari, hukumat xusu-siy korxonalardan juda uzoq 
turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan 
e’tiborni ularga qarata olmay-di». A.Smit davlatning faqat uch 
funktsiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini 
ta’minlash, jamiyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy korxona va 
muassasalarni ta’minlash. 
A.Smit 
merkantilistlarning 
protektsionizm siyosatini tan-qid qiladi. 
Unga ko’ra, chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mum-kin bo’lgan 
tovarni o’zida ishlab chiqarish be’mani narsadir. «Har qanday ongli oila 
boshlig’ining qoidasi sotib olishdan ko’ra uyda tayyorlash qimmatga 
tushsa, uni uyda tayyorlamaslikdan iborat... Ayrim oilalar uchun oqilona 
hisoblangan narsa, bir butun davlat uchun be’mani hisoblanmaydi». 
Erkin raqobat sharoitida bozor mexanizmi, eng avvalo, baho orqali 
iqtisodiyotda “tartib o’rnatadi”. Baho bozor xo’jaligining asosiy 
tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o’zgarishi 
to’g’risida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib 
turadi, ularni bir-birlarining manfaatlariga mos-lashishga majbur etadi. 
Baho orqali talab asosida kapital qo’yil-masi amalga oshiriladi, kerakli 
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar bir-birlariga xizmat qilish orqali 
o’z manfaatlarini amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti o’z-o’zidan amal 
qilayotgandek ko’rinadi, aslida u xatolar va tuzatishlar uslubida tartibga 
solib turiladi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin