286
imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida
raqobatchilarning o‘rnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending
- marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning
elementlarini
ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos
imijini yaratish sohasi
Gorizontal
diversifikatsiya
- firma assortimentini ayni paytda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish.
Demping
- tovarni o‘rtacha
bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z
tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab
chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan
raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi
antidemping qonunlar amal qiladi.
Diversifikatsiya
- 1)
tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va
qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va
rivojlantirish.
Imij
-
tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks ettirishi,
tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat.
Tovar
imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona
va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi.
Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti)
-
iste’mol
huquqining
mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil yo‘nalishi bo‘lib, tovar va
xizmatlar bozorida iste’molchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va
yo‘riqnomalar majmuidan iborat.
Dostları ilə paylaş: