297
qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4)
korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi
maqsadga muvofiqligining
muhim ko‘rsatkichi.
Firmaning marketing muhiti
- firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi
hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan
muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan kuchlar va faol subyektlar majmui.
Marketing tizimi makro va
mikromuhitdan tarkib topadi.
Xizmat
- 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan
iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
faoliyat
yoki ne’matlar turi.
Elektron tijorat
- elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni
sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya
- mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib
tashlash;
tovar
ishlab
chiqarishni
to‘xtatish;
tovarni
bozordan
raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish.
Mahsulotni
eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi,
hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital
aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi.
Yangi tovarni ishlab chiqish
- korxonaning o‘z kuchi bilan IITKI o‘tkazish
asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish
jarayoni. Bu jarayon odatda g‘oyalarni
ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar
konsepsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing
strategiyasini ishlab
chiqish, biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish,
sinov marketingi va
tijoratlantirishdan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: