159
Eliminatsiya – ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab chiqarishni
chiqarib tashlash.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish
dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va
takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun
ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik»
tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani olish,
shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va
amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga
bo‘linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan
bir
qator
asoslangan
tovar
modifikatsiyasini
ishlab
chiqish
jarayonini
mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini
kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini
ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv
iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash,
tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‘liq
ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va
qo‘llash ko‘zlanadi.
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni
aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: