Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing
tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2)
marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish
hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing
strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon.
Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari -
markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga
asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining o‘zaro harakatlari sxemasi
turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matritsa tuzilmalari va ularning
modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning
o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga
taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar
bilan ifodalanadi.
Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda
individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish
jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga
ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar.
Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil
tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va
virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil
etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
293
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega
bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul
qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi,
marketing-miksning samarali vositasi.