Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda
qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va
raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor
kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani
keltiruvchi narx belgilash san’ati.
O‘rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material.
Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni
tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni
qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik rileyshnz
vositasi.
Prognozlash (prognoz qilish) usuli - o‘rganilayotgan obyektning utmishdagi
va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra
bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5)
yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud.
Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot obyektlarini
qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini
maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda
olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy
ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilish jarayonida bozor tizimi subyektlarining
kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor
munosabatlarining tartibga soluvchisi.
294
Reklama -1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum homiy nomidan taqdim tatbiq
taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini
xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga intiluvchi kommunikatsiya shakli.