O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Dj. Ergashxodjaeva, M. S. Qosimova


-rasm. Savdo markalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy qarorlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/171
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202128
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   171
Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019

9.3-rasm. Savdo markalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy qarorlar 
Brendning rasmiy ta’rifi yo‘q, lekin bu mohiyatan ommalashtirilgan, jamiyatda 
qabul qilingan marka obrazi yoki qandaydir his qilinmaydigan qiymatdir. 
Brending bu: 

markani ommalashtirish jarayoni bo‘lib, uning davomida firma belgisi 
iste’molchi tomonidan eslab qolinadi; 

xaridor ongida raqobatchilarning tovar va xizmatlaridan ajratib turadigan 
farqlarni belgilash uchun tovarlar va xizmatlarning barqaror jalb etuvchan markalari 
yaratish; 

iste’molchi bilan uzoq muddatli ijobiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatish 
maqsadida savdo markasi, tova va firmani kompleksli boshqarish jarayoni; 

alohida tovar markalarini mustaqil marketing obyektlari sifatida ajratish va 
bu obyektlar bilan bog‘liq esda qoladigan obrazlar yordamida ularni maqsadli 
bozorlar tomon ilgari surish. 
Brend - iqtisodiy ma’noda tovar belgisidan ko‘ra kengroq tushunchadir. Brend 
ham moddiy, ham nomoddiy toifalar yig‘indisini aks ettiradi. Bu toifalar yig‘indisi 
iste’molchida tovar, xizmat, firma haqida ijobiy taassurot shakllantiradi va tovarni 
boshqa tovarlar qatorida ajratgan holda uni xarid qilish istagini yuzaga keltiradi. 
Shunday qilib, brend bu: 

ma’lum bo‘lgan elementlardan iborat bo‘lgan belgi, markadan vaqt bo‘yicha 
xaridorlar aniq idrok qiladigan, tovarning o‘zi bilan umumiy bo‘lgan emotsional va 
funksional elementlargacha rivojlanadigan mohiyat; 

tovar, xizmat va ularning tavsifnomalarini, savdo markasi va uning 
iste’molchilar ongidagi obrazini, shuningdek, o‘z tovari, xizmati, savdo markasi, 
iste’molchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) konsepsiyasini bir qilib 
bog‘laydigan tizim. 
Savdo markasini brendga aylantirish jarayoni eng umumiy ko‘rinishda 9.4-
rasmda aks ettirilgan. 
Savdo
markasi 
Bozorda ajralib turish, mashhurlik 
Xaridorlarda unga nisbatan ishonch 
Brend 


167 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin