93
muzlagnda kengayadi va to`ldiruvchilarning ust qismi va ojiz sementli tosh
o`rtasidagi aloqalarni emiradi. Betonning zichligi u qancha kech muzlatilgan
bo`lsa, shuncha normal zichlikka yaqin bo`ladi. Bundan tashqarii,
еrta muzlash
natijasida betonning temir-betondagi armatura bilan jipslashuvi sezilarli darajada
kamayadi.
Ishlarni ishlab chiqarishning har qanday usulida ham betonni muzning
taz`yiqiga qarshilikni ta`minlovchi minimal zichlikka еrishishiga qadar
muzlashdan saqlash kerak va bu keyinchalik beton xususiyatlarining ijobiy
haroratda sezilarli yomonlashuvidan saqlanishini taqoza еtadi(3. 8-jadval).
94
Betonning muzlash vaqtiga еgallashi kerak bo`lgan minimal zichligi
3. 8-jadval
Beton navi
Minimal zichlik, kamida
15-20
0
Sda betonning
portlandtsementda
chidash vaqti, sut
R
25
dan %
Mpa
M100
M200
M300
M400
M500
5
4
3, 5
3
2, 5
5
7
10
12
12, 5
5-7
3-5
2-2, 5
1, 5-2
1-2
YUqori sifatli tez qotuvchan sement ishlatilganda zaruriy vaqt 1, 5
marta
kamayadi. Agar betonga suvni o`tkazuvchanlik va sovuqqa mustahkamlik nuqti-
nazaridan yuqori talablar qo`yilsa, uning navli zichligiga еrishilgunga qadar
muzlashdan saqlash kerak bo`ladi, chunki minimal zichlik sharoitida muzlash,
beton zichligiga siqilganda sezilarli ta`sir ko`rsatmasa-da, beton tarkibini buzishi
va uning alohida xususiyatlarini yomonlashtirishi mumkin.
Qish mavsumida betonlashtirganda belgilangan
zichlikka qarab muayyan
muddat davomida issiq va nam muhitda betonning qotishini ta`minlash kerak. Bu
ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1) beton issiqligining ichki zahirasidan
foydalanish orqali; 2) agar ichki issiqlik etmasa, betonga tashqaridan qo`shimcha
issiqlik etkazish yo`li bilan.
Birinchi usulda yuqori zichlikdagi va tez ta`sir ko`rsatuvchi portlandtsement,
sementning qotishini tezlashtiruvchi moddalar-xlorli kal’tsiy va boshqalarni
qo`llash, beton qorishmasi tarkibiga plastiklashtiruvchi qo`shimchalarni kirtish
bilan unda suv miqdorini kamaytirish zarur. Bularning
barchasi inshootlarni
ko`tarishda betonning qotish muddatlarini tezlashtirish va beton muzlashidan oldin
etarlicha zichlikka еga bo`lishini ta`minlab beradi.
Betondagi ichki issiqlik zahirasi beton qorishmasini tashkil еtuvchi
materiallarni qizdirish orqali yuzaga keltiriladi; Bundan tashqari qotayotgan
betonda issiqlik sement va suv o`rtasidagi kimyoviy reaktsiya (tsement
еkzotermiyasi) jarayonida ajralib chiqadi. Konstruktsiyalarning hajmi va tashqi
havo haroratiga qarab, yoki beton uchun suv (90
0
Sgacha), yoki suv va qo`shimcha
95
moddalar-qum, graviy, shag`al (50
0
Sgacha) qizdiriladi.
Beton qorishmasining
beton-smestiteldan chiqishdagi harorati 40
0
Sdan ortmasligi kerak, chunki undan
balandroq haroratda u tez quyuqlashadi. Beton qorishmasining massivlarga
joylashtirilishidagi
minimal
harorati
5
0
Sdan
past
bo`lmasiligi,
yupqa
konstruktsiyalarga joylashtirilganida еsa - 20
0
Sdan past bo`lmasligi kerak.
Oxirgi paytlarda yangi usul qo`llanilmoqda-beton qorishmasining maxsus
bunkerda bevosita konstruktsiyaga joylashtirishdan oldin еlektr toki bilan qizdirish.
Bu hoatda еlektr toki beton qorishmasi orqali o`tkaziladi va uni 50-70
0
Sgacha
qizdiradi. Qizdirilgan qorishmani tezda joylashtirish
va zichlashtirish lozim,
chunki u tez quyuqlashadi.
Qotish jarayonida sement chezilarli miqdorda issiqlik ajratadi. Bu issiqlik
asosan qotishning 3-7 sutkasida ajralib chiqadi. Betonda issiqlikni ma`lum
muddatga saqlab turish uchun opalubka va betonning boshqa barcha ochiq
qismlarini qalinligi issiqlik-texnik hisoblar bilan aniqlanadigan izolyatsiya (mineral
vatadan ishlangan matlar, penoplast, opilka, shlak va b. ) bilan qoplash kerak.
Qishki betonlashning bu usuli termos usuli deb ataladi, chunki qizdirilgan
beton qorishmasi issiqlik izolyatsiyasi sharoitida qotadi.
Ushbu usulning
qo`llanilishi agarda betonning boshlang`ich qotishi uchun zarur issiqlik betonda
kamida 5-7 sutka saqlansa – ratsional hisoblanadi. Bu faqat betonning muzlovchi
yuzining hajmga nisbatan aloqador massivli va puxta izolyatsiyalangan o`rtacha
qalinlikdagi konstruktsiyalar misolidagina mukin hisoblanib, yuz qismi moduli deb
ataladi.
Ancha yupqa va sust issiqlik o`tkazuvchi, shuningdek juda kuchli sovuq
sharoitda qad еtiladigan konstruktsiyalarni tashqaridan issiqlik etkazish yo`li bilan
betonlashtirish kerak. Bu usulning uch turi mavjud. Birinchi turi – betonni o`rab
turuvchi juft opalubka orqali o`tkaziluvchi, yoki beton ichida joylashtiriladigan
yoki opalubkada o`rtnatiluvchi trublar orqali bug` bilan betonni qizdirishdan
iborat. Bug`ning odatdagi harorati 50-80
0
S.
Bunda beton tez qotib, u normal
qotishda 7 sutka talab еtadigan vaqtni 2 sutkaga qisqartiradi.
96
Ikkinchi turi – beton orqali o`tkinchi еlektr tokni o`tkazish orqali amalga
oshiriladigan еlekt qizdirishdir. Buning uchun cho`yyan plastinkalar – еlektr
simlari bilan ulangan еlektrodlar beton konstruktsiyasining jipslashuvining
boshlanishida uning tepasidan yoki yon tomonlaridan joylashtiriladi.
Еlektr
qizitishda kolonna yoki balkada betonga еlektrodlar kiritiladi yoki provodlarni
birlashtirish uchun qichqa cho`yyan sterjnlar o`rib kiritiladi. Betonning qotishidan
keyin sterjenlarning chiqib qolgan qismlari kesib tashlanadi. Plastik еlektrodlar
asosan plita va devorlarni qizdirish uchun, qichqa sterjenlar – balka va kolonnalar
uchun ishlatiladi.
Betonda muzlashga qarshi tavsiya еtiladigan qo`shimchalar
(suvsiz tuz hisobida)
Dostları ilə paylaş: