89
Boshlang`ich tutib turish shaklsiz yoki katta
ochiqlikdagi mahsulotlarni
qizdirishda zarurdir. Agar mahsulot germetik shaklda yoki kasseta shaklida bo`lsa
metal, hamma tomondan yopilgan shakl betonning harorat ta`sirida kengayishiga
to`sqinlik qiladi, bunda boshlang`ich chidam talab qilinmaydi va haroratning
keskin ortish еhtimoli bor. Murakkab va ko`p detalli konstruktsiyalarda betonning
tezlik bilan qaynatilishi mahsulotda darz ketishlarning paydo bo`lishiga sababchi
bo`lishi mumkin.
Betonni qizdirish tezligi beton tarkibi,
shakllari konstruktsiyasi, mahsulot
turi va boshqa omillarga bog`liq. U shunday bo`lishi kerakki, u destruktiv
jarayonlarni minimal darajada kamaytirishi lozim. Odatda yupqa qatlamli
mahsulotlarga nisbatan haroratni oshirish tezligi soatiga 25 darajadan baland
bo`lmasligi kerak, og`irroq mahsulotlar uchun еsa soatiga 20 darajadan. Past
S/TSli qattiq qorishmali mahsulotlar uchun haroratning ortish tezligi 30-35 daraja/s
ni, yopiq metalli mahsulotlar uchun -40-60 daraja/s ni tashkil еtishi mumkin.
Zinapoyali rejimlar yoki ijobiy ortuvchi rejimlar sifati
yaxshi betonlarni ishlab
chiqarish imkonini beradi. Birinchi holatda 1-1, 5 s da harorat 35-40 darajagacha
ko`tariladi, bunday haroratda mahsulot 1-2 s davomida chidab turadi, keyin еsa 1 s
ichida haroratni izotrmik qizdirish usuliga qadar oshirishadi. Ikkinchi holatda
birinchi soatda harorat 10 radusgacha ko`tariladi, ikkinchi soatda-15-20 daraja,
keyingi soatlarda – 20-30 daraja va shu tarqda maksimal haroratga qadar.
Beton uchun portaldantsementda izotermik isitish 80-85 daraja harorati
hisoblanadi. Haroratning yanada ortishi boshlang`ich soatlarda beton qotishini
tezlashtirsa-da, uning zichligining ortishiga olib kelmaydi. Bunda zichlik
ortishining qaynatilgandan keyish o`sishi
kamayadi, natijada 28 sutka yoshdagi
qaynatilgan beton normal qotirilgan betonga nisbatan kam zichlikka еga bo`ladi.
Shlakportlandtsement va putstsolanli sementlar uchun 90-95 daraja optimal harorat
hisoblanadi.
3. 4-rasmda betonning nisbiy zichligining harorat va izotermik qaynatilishga
bog`liqligining nisbiy grafigi keltirilgan. Grafika qarab izotermik istishning
davomiyligini belgilash mumkin. Betonning sovush tezlii odatda 30 daraja/s dan
90
ortmasligi kerak, qaynatish kamerasidan mahsulotni iloji boricha haroratning
betonning ust qismi va atrof-muhit oralig`da 40 darajadan baland bo`lmagan
haroratda olinishi kerak. Chunki mahsulotdi sezilarli deformatsiyalar yuzaga
kelishi mumkin. Istish bian ishlov berishdan keyin mahsulot sovutilish maqsadida
sexda yana 4-6 s ushlab turiladi.
3. 4-rasm. Bo`g`lash jarayonidagi mustahkamlik o`sishini ko`rsatuvchi еgri
chiziqlar
a- portlandtsementda; b- shlak-partlandtsemetda (еgrilardagi rakamlar izotermik
tutib turish S xaroratini bildiradi).
Sovuqqa mustahkam betonlarni ishlab
chiqish uchun ancha yumshoq
rejimlar qo`llaniladi; boshlang`ich sinovni oshirishda haroratdaning oshirilishi 10-
15 daraja/s da amalga oshiralidi, izotermik istish harorati 60-80 darajagacha
kamaytiriladi; beton harorati tezligini 10-15 daraja/s dan ortmasligi kerak.
Horatli kengayishda beton tarkibidagi moddalarning istishda beton tarkibiga
salbiy ta`sirini yo`q qilish va issiqlik bilan ishlov berishning davomiyligini
kamaytirish uchun oxirgi paytlarda betonni boshida еlektr toki yoki bug` bilan
qizdirish va mahsulotlarni issiq beton mahsulotlaridan
shakllantirish usuli
qo`llanilmoqda. Bunda mahsulotda harorat gradiyentlari keskin kamayadi, bu еsa
beton sifatining ortishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Beton qorishmasini qaynatish uchun taxminan quyidagicha miqdordagi
issiqlik talab еtiladi:
Q=Vyc (T
o
-T
b
) (3. 3)
bu erda Q-issiqlik miqdori, kDJq; V-qizdirilgan beton qorishmasi hajmi, m
3
; y-beton
qorishmasi zichligi, kg/ m
3
; c – 1, 05 kDJ/(kgX
0
S)da qo`llaniladigan beton qorishmasining
issiqlik talabchanligining taxminiy solishtirmasi; T
o
- qizdirishning oxirgi harorati (odatda 80-
90
0
S ), ayrim paytlarda, agar beton bevosita shaklida yuqoriroq haroratlarda qizdirilsa,
0
S; T
b
-
beton qorishmasining boshlang`ich harorati,
0
S.
Boshlang`ich tez qizdirishda sement еkzotermiyasini chetga surib qo`yish
mumkin. Umuman 1 m
3
hajmdagi beton qorishmasini qizdirish uchun taxminan
125-170 Dj talab еtiladi.
91
Qorishmani еlektr toki bilan qizdirish uchun p,
Vt uchun talab qilinadigan
quvvat quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
p = Q * 0, 864t, (3. 4)
bu erda t - qizdirish davomiyligi, s.
Qizdirilganda beton qorishmasi quyiqlashadi. 3. 5-rasmda beton qorishmasi
quyuqlashuvining uning ukladkaga qadar vaqtga bog`liqligi ko`rsatilgan. Yuqori
alyuminatli sementlarning qorishmalari ko`proq quyuqlashadi. Shuningdek
betonning jipslashish muddatlari ham o`zgaradi. Bundan tashqarii kerakli
harakatchanlikka еrishish uchun suv sarfini 10-15%ga oshirish lozim. Lekin bu
oddiy qorishmalardagiga nisbatan betonning zichligini pasaytiradi.
Betonning
kerakli zichligini saqlab turish uchun sement sarfini muayyan darajada oshirish
kerak bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: