117
g) qiymat va bahoning shakllanishi
A.Smit «sarfli» qiymat nazariyasiga asos soldi. U tovarning
foydaliligi (iste‘mol qiymati) bilan almashuv qiymatini bir-biriga qarshi
qo‗ydi va almashuv qiymatining shakllanishini tahlil qilishda
foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik, bu nazariyadan ikki qarama-qarshi
yo‗nalish hisoblangan – iqtisodiy liberalizm va sotsializm vakillari
o‗zlarining tamoyillarini asoslash uchun foydalandilar.
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy
o‗zgarishlarning natijasi ekanligini ko‗rsatib o‗tadi. Lekin boylikning
«haqiqiy» qimmati doimo o‗zgarib turishi mumkin emas. Shuning
uchun A.Smit o‗z oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya‘ni
uning qiymatini topish vazifasini qo‗ydi. Bunda u bir vaqtning o‗zida
ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati
faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‗p mehnat
sarflansa, tovar shuncha qimmat bo‗ladi (bu konsepsiya D.Rikardo va
K.Marks iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi). Ammo ushbu
qoida A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqiyotining dastlabki
bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo‗llaniladi. Lekin sivilizatsiya-
lashgan jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va yer ham
hisobga olinadi. Ikkinchi konsepsiya ana shunday paydo bo‗ladi, unga
binoan tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari
(mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq, tovar qiymati
mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya‘ni ishlab
chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish
Taqsimot
Ishlab chiqarish Taqsimot
6.1-rasm.
A.Smitning Qiymat (va baho)ning tashkil
Dostları ilə paylaş: