- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
- maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishi va xorijiy investisiyalarni
jalb etishga ko’maklashish;
- yagona axborot-so’rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi
(yo’nalishi)ni amalga oshirish yo’li bilan ularning a’zolari
faoliyatini
umummaqsadlar yo’lida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat
xizmatlari quyidagilardan iborat:
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro’yxatga olish uchun ta’sis
hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar berish;
- marketing bo’yicha izlanishlar o’tkazish;
- xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha maslahat berish;
- reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va
ularni tarqatish;
- huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
- intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo’yicha maslahatlar berish;
- ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni
o’tkazish;
- firma ish
uslubini ishlab chiqish;
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni
himoya qilish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
-
investisiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish,
zaruriy resurs va
kapitallarni sotib olish bo’yicha maslahatlar berish va h.k.
Dostları ilə paylaş: