Boltaboyev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J.,
G’oyibnazarov B.K., Samadov A.N., Xodjayev R. Kichik biznes va
tadbirkorlik: O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisodiyot”, 2010. – 275 bet.
Ushbu o’quv qo’llanmada kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati,
iqtisodiyotda tutgan o’rni, tadbirkorlikning
tur va shakllari, xorijiy
mamlakatlarda hamda O’zbekistonda kichik
biznes va tadbirkorlikning
rivojlanishi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish,
tahlil etish, boshqarish, kichik
biznes va tadbirkorlik
subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari,
kichik biznes va
tadbikorlik subyektlarining moliyaviy faoliyati, kredit bilan ta’minlash
shakllari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining
eksport salohiyatini
baholash usullari, shuningdek O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan.
Mazkur o’quv qo’llanma “Barkamol avlod yili” davlat dasturining 54
bandi ijrosini ta’minlash bo’yicha tayyorlandi. U oliy o’quv yurtlari va kasb-
hunar kollejlari talaba - o’quvchilari uchun mo’ljallangan.