Tovarning aslligi
uning o’rami va
markasida aks etishi
haqidagi qonun
(1966y.)
Keng iste’mol tovarlar o’rami va markalashiga qoida joriy
etilishi o’ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs
nomi va o’ram ichidagi narsaning aniq miqdorini
ko’rsatishni talab qiladi.
Iste’mol
tovarlarining xavfsiz
bo’lishi haqidagi
qonun (1972 y.)
Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi bilan bog’liq
muammolar bo’yicha komissiya ta’sis
etilishi va unga
iste’mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini
qo’llash va ushbu standartlarga rioya etmasligi uchun
sanksiya qo’llash vakolati berildi.
1
2
Qarzlarni vijdonan
undirib olish
haqidagi qonun
(1978 y.)
Qarzlarni undirib olishda odamlarni qo’rqitish, ta’qib
qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo’lish, tuhmat qilish
noqonuniy deb e’lon qilindi.
Davlatnint ishbilarmonlik faoliyatini tartibga
solish kerakligini asoslab
berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo’lishining uch asosiy sababini
ko’rsatib berdi:
- firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir ovozdan
raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan to’qnash
kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar
9[9]
».
Shundan kelib chiqib, «g’irrom raqobat» ning oldini olish bo’yicha
qonunlar paydo bo’ldi:
- nohaq amaliyotdan iste’molchilarni himoyalash zarurligi.
Shundan kelib chiqib,
nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan,
reklamada yolg’on axborot berayotgan, o’rash va narx yordamida aldayotgan
firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: