- davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlarning mol-mulki
(aktivlari) faqat Davlat mulk qo’mitasi ruxsati bilan
va belgilangan tartibda
sotiladi.
Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-
sekin, biridan ikkinchisiga o’tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida ijara
korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, qo’shma
korxonalar, fermer xo’jaliklari, kooperativlar va dehqon xo’jaliklari kabi tashkiliy-
huquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab
qiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:
- birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur’atlari uning
samaradorligini kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam
amalga oshirilganida ijobiy samara berishini ko’rsatmoqda.
Xususiylashtirish
sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, iqtisodiy
xulq-atvorning eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;
- ikkinchidan, bir tarmoq (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u
bilan bog’liq boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib
qolishi xususiylashtirilgan korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, avvalo,
turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti buzilishida namoyon bo’ladi. Masalan, agrar
sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish qishloq xo’jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki qishloq
xo’jaligiga texnika, o’g’itlar, elektr energiyasi, yoqilg’i
yetkazib beruvchi
korxonalar ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar)
mavqyeini saqlab qolib, o’z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning natijasida
agrar sektor katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi;
- uchinchidan, xususiylashtirishning pulli bo’lishi xususiylashtirilayotgan
obyektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni
baholashning ilmiy usullari va islohotlarning dastlabki
bosqichida tegishli
mutaxassislarning bo’lmaganligi ko’pdan-ko’p tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi.
Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni istagan va
shug’ullana oladigan kishilar qo’liga emas, balki tasodifiy kishilar qo’liga o’tib
qoladi.
Umuman, keltirilgan muammolar murakkab bo’lishiga qaramay, O’zbekistonda
mulkdorlar sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat
vujudga keldi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega, uni
qadrlayotgan va ularni o’z moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan
kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash
davlatning
iqtisodiy qudrati oshishi, uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi
ta’minlanishi, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: