mulkni ko’paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo’lmasa, demak,
mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo o’zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki
o’zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk
yangi egasiga saqlash va ko’paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan
shartlar bilan tekkan bo’ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan
bo’libgina qolmay, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda
ta’minlangan bo’lishi kerak. Faoliyati o’ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ana shu asosda yangi moddiy
boyliklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag’batlantirish zarur.
Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:
- jamg’armalarni qimmatli qog’ozlarga solish, shuningdek xususiy
shaxslarga qarashli ko’chmas mulk va boshqa mol-mulklardan foydalanish
yo’li bilan;
- davlatga qarashli mol-mulkni (auksionlarda va tanlov asosida),
shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olish orqali
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;
- yuridik shaxs tashkil yetmagan holda va korxonalar ochmagan holda
yakka tartibdagi mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali
shakllantiriladi.
Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha obyektlarni daromad olish maqsadida
foydalanilmaydigan obyektlar va ishlab chiqarish resurslariga ajratish
mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: mehnat, yer, sarmoya:
a) moddiy aktivlar;
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag’lari; qimmatli qog’ozlar;
v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk obyektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko’paytirish uchun
foydalaniladi. Biror- bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.
Mulkdor moddiy va intellektual mulk obyektlariga ega, ularni tasarruf
etish va ulardan o’z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida
foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:
- daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga
mo’ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;
- shaxsiy iste’molga mo’ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda,
qo’shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish
uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o’rta mulkdorlar;
- yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta
daromad oladigan yirik mulkdorlar.
Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? Birinchi
navbatda, psixologik xususiyatlar ta’sir ko’rsatadi. Odamni zo’rlab
mulkdorga aylantirib bo’lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo’lishi kerak. Bu esa
juda qiyin narsa. Chunki odamlarga haddan tashqari uzoq vaqt mobaynida
xususiy mulk va uning sohiblarini boshqalarga nisbatan tashabbuskorroq va
tadbirkorroq bo’lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlarni
yomon ko’rish va ularga ishonmaslik hissi singdirib kelindi.
Endi esa zamon o’zgardi, xususiy mulkka munosabat ham o’zgarmoqda,
lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Ko’pchilik davlatning g’amxo’rlik
qilishiga umid bog’lab o’tirmasdan, o’z farovonligi uchun mas’uliyatni o’z
zimmasiga olishga hali tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini
shakllantirish yo’lidagi jiddiy to’siqdir.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri –
tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta’minlash katta ahamiyatga
ega. Aksiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning
eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko’p qirrali bo’lib, u
bozor iqtisodiyoti subyektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika
iqtisodiyotida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari keng yoyilgan.
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi
ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:
Dostları ilə paylaş: