hisoblanadi:
1. Maktablar, o’rta-maxsus bilim yurtlari hamda oliy o’quv yurtlarida
iqtisodiy va huquqiy ta’lim berishni yanada kuchaytirish.
2. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida
yoshlarning ijodiy markazlari,
konstruktorlik va texnologik byurolari, ilmiy g’oyalarning amaliy tatbiqini yo’lga
qo’yuvchi bo’linmalarni tashkil etish.
3. Respublikadagi yoshlar bilan shug’ullanuvchi muassasalar, jamoat
tashkilotlari, huquq-tartibot organlarining o’z maqsad yo’nalishidan kelib chiqqan
holda faoliyatlarini jonlantirish.
4. Mamlakatimizdagi korxonalarning o’quv yurtlaridagi bo’lg’usi
mutaxassislar bilan o’zaro aloqasini yo’lga qo’yish.
5. Korxonalarda yoshlarning o’z ijodiy va ichki imkoniyatlarini to’liq
namoyish eta olishlari, moddiy, madaniy va maishiy ehtiyojlarini qondira olishlari
uchun shart-sharoitlar yaratish.
6. Respublika shahar va tumanlaridagi mehnat
bilan bandlik xizmatlari
faoliyatida yoshlarga alohida e’tibor ajratish, o’ziga xos ijtimoiy guruh sifatidagi
xususiyatlarini nazarda tutgan holda turli yo’nalishdagi xizmatlarni tashkil etish.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yoshlarning
mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishdagi hissalarini yanada oshirish, ularning
milliy mafkura hamda umumxalq manfaatlarining faol kurashchisiga aylanishida
muhim omil vazifasini bajaradi. Shuningdek oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari
bitiruvchilari va qishloq yoshlarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning faol
tadbirlarini amalga oshirish muhim hisoblanadi (1.7.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: