London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar
birjalarini ko’rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari
f’yuchers bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha sharnomada ko’rsatilgan
tovar uchun to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- savdo bitimlarini tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi;
- tovar
savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va
savdo mojarolarini hal etadi;
- narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli
omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa
bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi
asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq
shaklda bo’ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va
xaridor o’rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xohlagan
kishi ishtirok etishi mumkin.
Respublika tovar-xomashyo birjasi 1994 yili
ochiq hissadorlik jamiyati
shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va
xomashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja
savdolarida brokerlar orqali xarid qilingan
mahsulotlar respublikadan
tashqariga lisenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar-xomashyo
birjasining bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog’iston
Respublikasida tashkil etilgan.
Tovar-xomashyo birjasi XORIJIY davlatlar (Angliya, Polsha, Turkiya)
hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston)ning tovar
xomashyo
birjalari, Kiyev, Belarus universal birjalari bilan birjalararo
aloqalarni yo’lga qo’ygan.
«O’zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini
shakllantirishda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida 1994 yili
O’zbekiston shartnomalar va savdo bo’yicha davlat aksiyadorlik uyushmasi
negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo’jaligi ta’minotini respublika moddiy-
texnika ta’minoti idorasi boshqargan. O’zbekistonda o’tkazilayotgan chuqur
iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan o’zgartirdi.
«O’zulgurjibirjasavdo» xo’jalik mexanizmini rejaviy moddiy-texnika
ta’minoti tizimidan erkin xo’jalik aloqalariga o’tishi, davlat ehtiyojlari uchun
mahsulot yetkazib berish, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yo’li
orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti
va sotish
bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kimoshdi
savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ta’minotchi va iste’molchilar o’rtasida bevosita o’zaro manfaatli aloqalar
moddiy-texnika ta’minotining yetakchi shakli bo’lib qoldi. «O’zulgurjibirjasavdo»
uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirish,
tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirish, korxonalar,
muassasalar va
tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga
ko’maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi,
«Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi,
respublika viloyatlari va Qoraqalpog’istondagi 14 ta hududiy tijorat-
vositachilik
aksiyadorlik kompaniyalari, aksiyadorlik transport ekspedisiya
agentligi, aksiyadorlik tovar xomashyo birjasi, «Trastbank» aksiyadorlik birja
banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kimoshdi bozorlari direksiyasi
mavjud.
Dostları ilə paylaş: