Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini
tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo’lmaydi. Zero,
bunday
tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot,
tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat
ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
dastlabki yillarida tijorat
tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va
xizmatlarni sotib olish hamda sotish jarayonlarini
amalga oshirish bilan
ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar
ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil etsa, tijorat
faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga
kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning
almashinishi va
almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini
ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank
va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan
kamroq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi
rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib,
kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti
guvohlik
beradi.
Dostları ilə paylaş: