nomli o’quv qo’llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy
shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes-reja tuzish, moliyaviy
faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik psixologiyasi masalalari
keng yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya., Polyak G.B. va Shvandar V.A.lar tomonidan 2002 yilda
tayyorlangan «Predprinimatelstvo» nomli o’quv qo’llanmada Rossiyada
tadbirkorlikning shakllanishi va o’ziga xos xususiyatlari, uning zamonaviy
shakllari, faoliyat turlari, moliyaviy faoliyatini boshqarish, tahlil qilish va soliqqa
tortish masalalari keng yoritilgan.
Siropolis Nikolas N. tomonidan 2001 yilda chop etilgan «Upravleniye
malыm biznesom» nomli o’quv qo’llanmada kichik biznesning iqtisodiyotda
tutgan o’rni, kichik biznesni tashkil etish va boshqarish masalalari atroflicha
yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya. va Shvandar V.A. tomonidan 2004 yilda nashr etilgan
«Maliy biznes: Organizasiya, ekonomika, upravleniye» nomli o’quv qo’llanmada
Rossiya va xorij mamlakatlarida kichik biznesning rivojlanishi, uning
iqtisodiyotda tutgan o’rni, kichik biznes faoliyatini tashkil etish, boshqarish va
tahlil qilish masalalari keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan o’quv qo’llanmalardan farqli o’laroq, mazkur o’quv
qo’llanma O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani o’quv dasturi
asosida tayyorlangan.
Unda kichik biznes va tadbirkorlik bo’yicha xorij iqtisodchi-olimlari
tomonidan ilgari surilgan nazariya va maktablarning vujudga kelishi va taraqqiy
topishi, kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning iqtisodiyotda tutgan
o’rni, respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning o’ziga xos
xususiyatlari, kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari va
ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan.
Shuningdek, ushbu o’quv qo’llanmada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, uning moliyaviy holati va kredit bilan
ta’minlash shakllari, bank, soliq, moliya muassasalari va audit tizimi bilan
aloqalari, ularning soliqqa tortilish mexanizmlari va imtiyozlari, tadbirkorlik
etikasi va madaniyati, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport
salohiyati baholash usullari, shuningdek, O’zbekistonda kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari batafsil bayon etilgan.
O’quv qo’llanma mualliflari kichik biznes va tadbirkorlik fao-liyati bilan
shug’ullanuvchi xodimlar, ishbilarmonlar va oliy o’quv yurtlari talabalarining
qo’llanmaning mazmuni, tuzilishi yuzasidan bildirgan taklif, mulohaza va
maslahatlarini bajonidil qabul qiladilar.