1.5.3-jadval 2009 yilda O’zbekistonda yaratilgan ish o’rinlari Ko’rsatkich Soni, nafar 2009 yilda yaratiladigan jami yangi ish o’rinlari
940532
O’tgan yilga nisbatan, foizda
142,3
Shundan quyidagi asosiy yo’nalishlarda yaratilgan ish o’rinlari:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida
391809
o’tgan yilga nisbatan, foizda
104,7
Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish, jami
196745
Shu jumladan, korxonalar bilan kooperasiyada (mehnat
shartnomasi asosida)
77466
Yangi obyektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqrishlarni
qayta qurish va kengaytirish
70587
Ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari
(Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar)
281391
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2009 yilda yaratilgan jami 940,5
mingdan ortiq yangi ish o’rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasiga to’g’ri kelmoqda. Bu o’tgan yildagiga nisbatan 4,7
foizga ko’proq demakdir. Jami yangi ish o’rinlarining deyarli 21 foizi turli
shakllardagi uy mehnatini yo’lga qo’yish, 7,5 foizi yangi obyektlarni ishga
tushirish, mavjud ishlab chiqarishlarni qayta qurish va kengaytirish, deyarli 30
foizi ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlarini amalga oshirish
hisobiga tashkil etilgan. Natijada kichik tadbirkorlikda band bo’lganlarning jami
iqtisodiyotdagi band bo’lganlarga nisbatan ulushi 2008 yilda 73,1 foizni tashkil
etgan bo’lsa, 2009 yilga kelib, 74,2 foizga yetdi.
Bundan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining
daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.