4-mavzu. Hududiy moliya organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumotlari bilan tanishish. 2022-YIL DEKABR YANVAR OYLARIDA SIRDARYO VILOYATINING SARDOBA TUMANINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatigichlar bo‘yicha: 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida: -sanoat ishlab chiqarish hajmi 156,8 mlrd.so‘mni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish ko‘rsatgichi 112,8 foizni;
-halq is'temol mollari ishlab chiqarish 83,0 mlrd.so‘m 129,4 foizni;
-qishloq xo‘jaligi- 1206,0 mlrd. so‘m 102,0 foizni;
-kapital quyilmalar hajmi – 433,5 mlrd.so‘m 55,5 foizni; -qurilish pudrat ishlari hajmi – 81,8 mlrd.so‘m 112,4 foizni;
-chakana tovar aylanmasi hajmi - 159,4 mlrd.so‘m o‘sish ko‘rsatgichi 107,9 foizni;
-xizmat ko‘rsatish hajmi - 188,8 mlrd.so‘m 114,6 foizni tashkil qildi.
Sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha: 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarish hajmi 156,8 mlrd.so‘mni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish ko‘rsatgichi 112,8 foizni tashkil qilib, prognozga nisbatan 5,1 mlrd. so‘mga yoki 3,5 foizga ortig‘i bilan bajarilib, aholi jon boshiga 2275,7 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Tumanda 2020-2021 yillarda suv ombori talofati va pandemiya tufayli korxonalarda ishlab chiqarish hajmlari keskin kamaygan. 2022 yilda korxonalar to‘liq quvvatda ishlashi hamda hududda yangi "SARDOBA OQSAROY TEKSTIL" MChJ, “yetti jaxon” mas‘uliyati cheklangan jamiyatisingari korxonalari ochilib, yangi quvvatlar ishga tushishi natijasida kichik biznes sube'ktlarida 2021 yilga nisbatan hajmlar 51,0 foizga o‘sishi kuzatilmoqda.
Yangi tadbirkorlikni tashkil etish bo‘yicha: 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 225 ta yangi tadbirkorlik sub'ektlari ro‘yhatdan o‘tkazilib, (yillik 238 ta rejaga nisbatan 95 foiz) jami kichik biznes sub'ektlari soni tumanda 951 tanitashkil etmoqda.
Tumanda 2023 yilning 1-yanvar holatiga jami 1358 ta tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.