Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-mavzu.Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalariningfunksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish



Yüklə 75,24 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü75,24 Kb.
#210409
1   2   3   4   5   6
Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

2-mavzu.Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalariningfunksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish.
Tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining

NAMUNAVIY TUZILMASI
















































































Mudir








































































































































































Mudirning birinchi o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i




Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari bo‘yicha mudir o‘rinbosari — sho‘ba mudiri






























Budjetni ijro etish hisobi va hisoboti sho‘basi






























Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi




























































Kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash sho‘basi








Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha inspektor














































Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish bo‘yicha bosh iqtisodchi




































































































Yuriskonsult












































Hududiy moliya organlari Moliya vazirligiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga hisobot beradi.


Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari moddiy-texnik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti), O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi, hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Soliq va bojxona-tarif siyosati sohasida:


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun soliq va bojxona va tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (o‘rta muddatli istiqbolda) shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi soliq va bojxona qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq solish metodologiyasi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash stavkalari va mexanizmi samaradorligini monitoring qiladi, soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘ilishini takomillashtirishga qaratilgan ularning stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Hududiy moliya organi rahbari Ashirov Jasur ________

(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)

3-mavzu.Hududiy moliya organlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan o‘rganish.
Hududiy moliya organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirlarining muovini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.


Viloyat va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlari mudirlari viloyat, tuman, shahar hokimining taqdimnomasiga binoan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari moliya vaziri tomonidan moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan tayinlanadi.
Tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlari mudirlarining o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan tumanlar, shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari taqdimnomasiga binoan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari, hududiy moliya va g‘aznachilik bo‘linmalari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining xodimlari lavozim maoshini mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,5 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Bunda, bir vaqtning o‘zida mazkur qaror va oldin qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlarining oshirilgan tarif
koeffitsiyentlarini qo‘llashga ruxsat etilmaydi va ko‘rsatilgan koeffitsiyentlarning eng yuqorisi qo‘llaniladi.
Moliya vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Moliya vazirligi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari moddiy-texnik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti)
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda qonun hujjatlarida unga berilgan vakolat doirasida quyidagi huquqlarga ega:
davlat statistika, moliyaviy va boshqa hisobotlar, shuningdek, barcha hisob-moliya va boshqa masalalar bo‘yicha vazirliklar va idoralar, ularga bo‘ysunuvchi organlar va xizmatlar uchun nazarda tutilgan hajm va muddatlarda boshqa zarur ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beg‘araz asosda olish,
budjet tizimi budjetlari mablag‘larini noqonuniy sarflash holatlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, moliyaviy va boshqa hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari rahbarlarini xabardor qilgan holda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar (moliyalashtirish) to‘lanishini cheklash, zarur hollarda esa to‘xtatib qo‘yish;
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlardan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar loyihasini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblar, hisobot ma’lumotlari va boshqa materiallarni hamda ularning ijrosi bo‘yicha hisobotni olish;
Hududiy moliya organi rahbari Ashirov Jasur ________
(ismi-sharifi) (imzo)
(muhr o‘rni)



Yüklə 75,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin