7.2. Paskal tilining umumiy ta`rifi Pascal dasturlash tili yuqori darajali obyektga yo‗naltirilgan dasturlash tili.
Pascal dasturlash tili 1970-yilning boshida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan.
Pascal dasturlash tili, dasturlashni tizimli, strukturaviy va protseduraviy o‗rgatish
uchun ishlab chiqilgan. Lekin Pascal dasturlash tilidan foydalanib ham yuqori darajali
mukammal dasturlarni tuzish mumkin.
Pascal dasturlash tilining asosi Algol tilidir. Pascal dasturlash tili juda ko‗plab
ma'lumotlar toifasiga ega til va dasturlarni strukturaviy dasturlashga juda qulay.
Hozirgi Pascal kodlarini o‗qisangiz xuddi ingliz tilida matn o‗qiyotgandek bo‗lasiz.
Pascal dasturlash tili ko‗plab mamlakatlarda hozirda ham qo‗llanilayotganining
sabablari :
* O‗rganish juda oson;
* Strukturalashgan dasturlash tili;
* Mustahkam, ishonchli dasturlar tuzish imkoni mavjudligi;
* Juda ko‗plab OTlarda kompilyatsiya qilishni imkoni borligi;
* va boshqalar...
Pascal dasturlash tilining eng zo‗r imkoniyatlari :
* Pascal kuchli tillardan biri;
* Xatoliklarni juda aniqlikda tekshirilishi;
* Juda ko‗plab ma'lumotlar turlari borligi (massivlar, yozuvlar, fayllar va setlar);
* Turli xil yo‗nalishlarda dasturlash imkoniyati borligi;
* Strukturaviy, funksiyaviy va protseduraviy dasturlash juda qulayligi;
* OYD (OOP) ni qo‗llay olganligi.
Pascal dasturlash tili haqida faktlar :
* Pascal dasturlash tili nomi Fransuz olimi Bleise Pascal sharafiga qo‗yilgan;
* Pascal dasturlash tili Algol dasturlash tilidan kelib chiqqan;
* Pascal dasturlash tilining standart versiyasi, 1983-yilda chiqdi;
80
* Apple korparatsiyasi Lisa va Mac operatsion sistemalarini ishlab chiqishda
Pascal dasturlash tilidan foydalanilgan. Xozirda esa o‗z dasturlash tillariga
o‗girilgan.
22