Ta’labalar bilimini nazorat qilish uchun keyslar to`plami
1-keys.Ko`pchilik vitaminlar odam va hayvon organizmida sintezlanmaydi. Ular asosan o`simlik tanasida va ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi. Organizm hayotiy zarur bo`lgan vitaminlarni asosan ovqat orqali qondiradi. Inson va hayvonlarning vitaminlarga bo`lgan talabi har xil bo`ladi. Ko`pchilik vitaminlar fermentlarning kofermentlari sifatida, muhim biologik kimyoviy vazifani bajaradilar. Ularning ayrimlari nerv impulslarining uzatilishida, ko`rish jarayonida va boshqa fiziologik va biologik kimyoviy jarayonlarda muhim rol o`ynaydi. Vitaminlarning ayrimlarini, ba'zi hayvonlarga zarur emasligi ham aniqlangan.
Savollar: 1. Inson va hayvonlarning vitaminlarga bo`lgan talabi har hil bo’lishiga sabab nima?
2. Fermentlarning kofermentlari sifatida, muhim biologik kimyoviy vazifani bajaradigan vitaminlar qaysilar.
3.Vitaminlarning ayrimlariba'zi hayvonlarga zarur emas.Bular qaysi vitaminlar?
3. Siz qanday fikrdasiz?
4. Siz ushbu muammolarni qanday hal etgan bo’lardingiz?
Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar: Biologik kimyoga doir adabiyotlar.
Tinglovchilar uchun ko’rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. O’z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni: 1. Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qiladi.
2. Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi22.