O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/41
tarix23.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#65965
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
БМИ Нурхон МОК2

O’qituvchining yechimi.
1. A avitaminoz bo`lgandako`z shikastlanib, g`ira-shira yorug`ni ko`rmaydigan (shapko`r) bo`lib qoladi. Ayniqsa yosh bolalarda ko’p kuzatiladi.
2. Ko`zning yorug`likda sezuvchanligi uning to`r pardasi tayoqchalarida joylashgan ko`rish purpuri-radopsinning konsentratsiyasiga bog`liq. Radopsin murakkab oqsil, yorug`likda parchalanib, oqsil-opsin va A vitaminning aldegidi bo`lgan retinal hosil qiladi. Retinal ferment yordamida tiklanib, retinolga, ya'ni A vitaminga aylanadi. Qorong`ida retinol oksidlanib, retinal hosil bo`ladi va radopsin sintezini ta'minlaydi. Radopsin parchalanishidan hosil bo`lgan retinolning bir qismi tashqariga chiqariladi.
3. A vitamin hayvonlar jigarida, baliq yog`ida ko`p bo`ladi. Ammo o`simliklarning yashil qismlari, ba'zi ildiz mevali sabzavotlar ham A vitamin manbai hisoblanadi. Chunki o`simliklar tarkibida A vitamin hosil qiluvchi provitamin hisoblangan karotin ko`p bo`ladi.
3-keysO’ylab ko’ringchi xurmatli talabalar bolalar bog’chasida tarbiyalanuvchilarni ertalabki sayrga olib chiqiladi.
Savollar:
1. Nima sababdan sayrga olib chiqiladi va soat nechida?
2. Ushbu masala yuzasidan barcha fikrlarni umumlashtiring.
3. Siz qanday fikrdasiz?
4. Siz ushbu muammoni moxiyati nimada?
Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar:
Biologik kimyo, Fiziologiya doir adabiyotlar.
Tinglovchilar uchun ko’rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
5. O’z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
1. Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qiladi.
2. Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin