27
- o‗ziga hos bozor orqali moliyaviy resurslarni (kapitalni) iqtisodiyotda
(iqtisodiyot subyektlari o‗rtasida) samarali taqsimlash va qayta taqsimlash;
- puldan bo‗lak ma‘lum sharoitlarda kvazipul sifatida to‗lov vositasi bo‗la olish
(m
2
va undan yirik pul agregatlari tarkibiga kiritilganligi munosabati bilan);
- bir vaqtda iqtisodiy va yuridik mazmunni o‗zida mujassamlashtirgan holda
uning egasi, chiqaruvchisi va davlat o‗rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni
belgilash;
- o‗z egalariga kapitalga egalik huquqi bilan birga boshqa ma‘lum qo‗shimcha
huquqlarni (masalan, ovoz berish, boshqaruvda ishtirok etish, ma‘lumotga ega
bo‗lish, kreditorlik mavqei va h.k.) berish;
- alohida tovar sifatida muomalada bo‗lish, bozor konyunkturasini va unda
biznes sifatini belgilash; uni chiqaruvchisi va bozor holati to‗g‗risida informatsiya
bilan ta‘minlash va h.k. (bularni uning moliya bozoridagi roli sifatida qabul qilish
mumkin);
- investitsion aktiv va jamg‗arma sifatida xizmat qilish;
- risk sharoitida kapital bo‗yicha daromad olishni, kapitalni qaytarilishini
ta‘minlash va h.k.
Shunday qilib, yuqoridagilarning barchasi moliyaviy instrument-larning
mazmuni, hossa va hususiyatlarini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: