tanlab olishini ko‘rishimiz mumkin. Iste’molchilar o‘z tanlovini oqilona bajaradilar
deb taxmin qilamiz. Bu bilan iste’molchilar mavjud va chegarali byudjetiga qarab
tovarlarni o‘z ehtiyojlarini maksimal ravishda qondira oladigan qilib tanlaydilar.
Iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamining optimal tanlovi ikki talabga javob
berishi lozim. Birinchidan, tanlov byudjet chizig‘ida bo‘lishi bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi muhim sharti, iste’mol tovarlari va xizmatlarning optimal to‘plami
imte’molchilarga ular eng ma’qul ko‘rgan kombinatsiyada yetkazib berilishi lozim.
Iste’molchilik hatti-harakati qoidasi - bir tovarga sarflangan pul qiymati
hisob-kitobining yuqori foydaliligi, boshqa tovarga sarflangan pul qiymatining
yuqori foydaliligiga teng bo‘lsa optimumga intiladi.
Iste’molchilik muvozanati iste’molchining byudjet harajatlari tarkibi, unga
xarid qilingan jami iste’mol ne’matlari to‘plamidan katta umumiy foydalilikni
ta’minlovchi holatdir.
Iste’molchining yalpi nafliligini maksimallashtiruvchi tovarlar yig‘imi
Dostları ilə paylaş: