O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 


351 
Reklama va reklama vositalari 
 
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan 
hamohang ravishda shakllanib kelgani sir emas. Savdo rivojlanib, 
savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va 
yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida 
raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab 
xaridorda nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu 
raqobat o‘z navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy 
manbalar shundan darak beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari 
uchun papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan mayda xabarlar va 
devoriy xabar matnlarini qo‘llaganlar. Pompeya xarobalari va Qadimgi 
Arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham 
topilgan. Devorlarga o‘yib yoki chizib ishlangan tasvirlar reklamaning 
qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi Hindistonga borib 
taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan. Yana tarixdan shu 
narsa ma’lumki, reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi 
reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish joylari xizmat 
ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan 
e’lonlar bo‘lgan. 
O‘rta asrlarda aholining asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi sababli 
hunarmandlar kasblariga doir belgilarni o‘zini reklama va mo‘ljal 
sifatida qo‘llaganlar. Masalan, taqachilar ot taqasi rasmini yoki aynan, 
temirchilar bolg‘a, kosiblar etik va sartaroshlar ustara tasviridan 
foydalanganlar. Meva va sabzavot sotuvchilari esa shahar markazlariga 
kelgan holda o‘zlari yoki biror kishini yollab o‘z mahsulotlarini maqtab 
jar solganlar yoki jarchi yordamidan foydalanganlar.
Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish 
ommalashdi va bu o‘z navbatida bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi. 
Endi odamlar tarqatmalar orqali reklama qila boshladilar. XVIII asrga 
kelib ingliz gazetalari reklamalarni bosib chiqara boshladi. Lekin bu 
reklamalar asosan turli yangi kitoblar va gazetaning o‘zini maqtashdan 
nariga o‘tmasdi. Keyinchalik dori vositalari reklamasini tarqata 
boshladilar va bu gazetalarning foyda olish yo‘nalishining o‘zgarib 
ketishiga olib keldi, ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama 
orqali ham foyda ola boshladilar. Tahririyatlar reklama orqali daromad 
olishga shunchalik kirishib ketdilarki, buyuk Yevropa o‘latida ular 
ancha insonning uyi kuyishiga sabab bo‘ldilar. Chunki o‘sha davrda 
alkimyogarlar o‘latga davo qidirib, nimani topsalar shuni davo, deb 


352 
e’lon qilar va u orqali mo‘may daromad qilardilar. Bu orqali ingliz 
matbuoti sezilarli darajada obro‘sini yo‘qotdi. Shundan keyin ingliz 
hukumati reklamani tartibga solishga urinishlarni boshladi va noto‘g‘ri 
ma’lumot tarqatgan buyurtmachini ham, tahririyatni ham qattiq jarimaga 
tortajagini bildirdi.
Iqtisodiyot o‘sib borgan sari reklama ham unga hamohang 
rivojlanib bordi. AQShda reklamadagi yuksalishlar uni mutlaqo yangi 
shaklga – xat tartibli reklama shaklini yaratilishiga olib keldi.1836 – 
yilning iyunida Fransiyaning La Presse gazetasi reklama orqali daromad 
olayotgani evaziga narxni pasaytirish va bu orqali gazetxonlar safini 
kengaytirishni mo‘ljalladi. Keyinchalik bu usul butun mamlakat 
gazetalari tomonidan o‘zlashtirildi. 1840 – yilda Volni Palmer ismli 
kishi Filadelfiyada hozirgi zamon reklama agentliklariga o‘xshash 
agentlikka asos soldi. 1842–yilda Palmer mashhur gazetalardan katta 
chegirmali narxda bo‘sh sahifalarini sotib oldi va yuqori narxlarda 
reklama qiluvchilarga sota boshladi. Palmer faqat gazeta betlarini sotib 
olgan bo‘lib, reklama qanday qilib, qanday ko‘rinish va shaklda berilishi 
reklama beruvchilarlar ixtiyorida bo‘lgan. XIX asr oxirlariga kelib 
N.W.Ayer & Sons reklama agentligiga asos solindi va bu agentlik 
reklamani rejalashtirish, yaratish va reklama jarayonini boshqarish 
borasida taklif va yordamlar berardi. Xuddi shu davrda Fransiyada 
Charles-Louis Havas reklama agentligi ham faoliyat olib borayotgan 
bo‘lib, uning xizmat ko‘rsatish ko‘lami brokerlikni ham qamrab olgan 
edi.
XX asr reklama tarixida tub burilish yasadi. Avvalo, reklama 
sohasida ayollar salmog‘i va vositasi ortib bordi. Dastlab, reklama 
agentliklari ayollardan yaratuvchanlik qobiliyati va uy-ro‘zg‘orga oid 
reklamalarda «onalar tanlovi” yoki «rafiqalaringiz tanlovi” kabi 
reklamalar uchun foydalangan bo‘lsalar, keyin ulardan turli xil ayollar 
tasvirlari orqali e’tirofni tortish yo‘liga o‘tadilar. Amerikada ayollarning 
ilk tasviri sovun reklamasida qo‘llanildi. 
Yangilik usulida yaratilgan dastlabki zamonaviy reklama 1920–
yillarning boshida ishlangan tamaki reklamasi hisoblanadi. Zamonaviy 
reklamaning otasi sifatida Edvard Berniys Medisson Avenyu reklama 
agentligiga asos solgan. Jahon bo‘yicha tamaki savdosining tarqalishi va 
iste’molining ommalashishiga xuddi shu inson sababchi bo‘lgan.O‘sha 
paytda Bonzak deb atalgan yangi va katta hajmda sigareta o‘raydigan 
mashinaning sanoatda qo‘llanishi bozorda taklif hajmini keskin oshirib 


353 
yuboradi va bu muammoni hal qilishni Edvard Berniys ajoyib reklama-
lari orqali bartaraf etadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin