3
KIRISH
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor
munosabatlariga asoslan-
gan milliy iqtisodiyot qaror topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari
va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi bilimlarga talab va
qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o‘zi bozor haqida bilimlarni o‘zida
jamlagan va shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg‘un-
lashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo‘ydi.
O‘quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing”
fanidan mazkur
o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan
buyon o‘qitib kelinayotgan “Marketing” o‘quv kursi doirasida
shakllangan ma’ruzalar va o‘quv-uslubiy ishlanmalarga tayangan holda
va
soha mutaxassislari, fanni o‘rganuvchilarning bildirgan fikrlarini
hisobga olgan holda tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanmaning tarkibi marketing fani va undagi bilim va
ko‘nikmalarni talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirishlari uchun qulay
qilib shakllantirilgan. Shuningdek, jahondagi
yetakchi mutaxassislar va
darsliklarda qabul qilingan mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan. Har
bir mavzuda uning o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga
qaratilgan takrorlash savollari, amaliy topshiriqlar, tayanch iboralar ele-
mentlari keltirilgan. Bozorni o‘rganish,
undagi qonuniyatlar, tenden-
siyalar va yuzaga kelgan vaziyatlarni yoritish uchun o‘quv qo‘llanmada
jadval, diagramma, grafik, rasm va amaliy elementlardan keng foydala-
nilgan. “Marketing” o‘quv kursini chuqurroq o‘zlashtirish uchun o‘quv
qo‘llanmada o‘rganuvchilar e’tiboriga asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlar
tavsiya qilingan.
O‘quv qo‘llanma kitobxonlar keng ommasini, birinchi navbatda
talabalar, mutaxassislar, umuman bozor haqidagi bilimlar
bilan qiziquv-
chilarni marketing sohasidagi muhim nazariy tushunchalar va amaliy
xatti-harakatlar bilan yaqindan, batafsilroq tanishtirishni ko‘zlagan.
Har bir mavzuni yoritishda marketing sohasida shakllangan nazariy
bilimlar va jahon tajribasini milliy iqtisodiyot bilan bog‘lashga
harakat
qilindi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida qabul qilingan marketing
sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat statistika qo‘mitasining
davriy statistik to‘plamlaridan foydalanildi.
4
O‘quv qo‘llanmani yozish jarayonida uning mazmuni Toshkent
moliya institutida o‘qitilib kelayotgan ta’lim yo‘nalishlarida
amalda
bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi. Jumladan,
mazkur o‘quv qo‘llanma institutning bakalavriat bosqichidagi 5230200-
“Menejment”, 5230300-“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil
etish” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
Muhtaram o‘quvchi, qo‘lingizdagi kitob marketing o‘quv kursi bo‘yicha
tayyorlanganlik o‘quv qo‘llanmalaridan biri bo‘lganligi sababli ayrim
kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi tabiiy.
Shuning uchun muallif
kitobning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha bildiriladigan xolisona
mulohaza va takliflarni bajonu dil qabul qiladi va ularni kitobning
kelgusi nashrlarini tayyorlashda albatta e’tiborga oladi.
Dostları ilə paylaş: