9
rag‘batlantirish (promotion) o‘z aksini topgan. Bu model marketing
sohasidagi nazariy izlanishlarga asos soldi.Turli mamlakatlarda marke-
ting assotsiatsiyalari va
institutlari tashkil qilinib, bozor va marketing
izlanishlari olib borila boshlandi.
1965-yilda ingliz Marketing instituti
tomonidan marketingga quyidagi tarif berildi. Marketing – amaliy faoli-
yat bo‘lib, boshqaruv funksiyalari tizimi hisoblanadi, uning yordamida
iste’molchilarning xarid (sotib olish) qobiliyati o‘rganilishi natijasida
tovar va xizmatlarga bo‘lgan real talabni shakllantirish orqali foyda olish
jarayonidir. Bu tarif ko‘pgina nazariyotchilar tomonidan
tan olindi va
amaliy jarayonda unga asoslanib biznes va ishlab chiqarishni boshqarish
olib borildi. 1966-yildan to hozirga qadar marketingning juda ko‘p
tariflari yaratildi. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga
ko‘ra 2000 dan ortiq tariflar marketingning ko‘p qirrali faoliyatini to‘la –
to‘kis ochib bergan.
“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vosita-
sida shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qon-
dirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Marketing
bo‘yicha taniqli mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini ayirboshlash
orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan
faoliyat, deb tushun-
tiradi. Ingliz mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik
rejalashtirish va boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifa bo‘lib, uning
maqsadi - iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar
daromadini ta’minlash hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘na-
lishlari, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy va sotuv sohasida integ-
ratsiyani yo‘lga qo‘yish.
2
1960-yilda Amerika Marketing Assotsiatsiyasi
tomonidan quyidagi
tarif ma’qullandi. Marketing-ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha
yetib borgunga qadar tovar va xizmatlar oqimini yo‘lga qo‘yish, tashkil
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 1985-yilga kelib esa
bu tarif yanada to‘liqroq qilib tavsiflandi, ya’ni “Marketing-narx
shakllantirish, g‘oyalarni siljitish va amalga oshirish, tovar va xizmat-
larni ayirboshlash orqali sotish natijasida alohida shaxslar va tashkilotlar
talabini qondirishga yo‘naltirilgan jarayon”.
AQShda 1966-yilga kelib marketing masalalari bo‘yicha shug‘ul-
lanuvchi 350 ga yaqin firmalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu firmalar
yirik kompaniyalar uchun pullik shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazib
300 mln. dollarga yaqin daromad ko‘ra boshladilar.
Keyinchalik
2
Г.Л.Багиев, В.M.Taрасевич.Маркетинг. 4-eизд. -СПб.,”Питер” 2012 г.
10
marketing faoliyati bilan yirik universitetlarning tadqiqot guruhlari,
markazlari, savdo – sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari shug‘ul-
lana boshladilar. 1967-yildan boshlab Angliyaning 500 dan ortiq
firmalari bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun bozor tadqiqotlari olib
borishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu tadqiqotlarga 5000 dan ortiq talabalarni
jalb qilishdi.
Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va
fikrlarning tobora ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler
mikro va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi.
Mikro marketing - ma’lum bir kompaniya tomonidan bajariladigan
ishlarni nazarda tutadi. Makro marketing —
butun jamiyatning yashash
tarzini nazarda tutadi. 1976-yilga kelib, Shelbi Xant “marketing-
ayirboshlash jarayoni haqidagi ilmlar majmuasidir”, deb xulosa qildi.
Ko‘rib turibmizki, marketing faoliyatining naqadar keng qamrovli
ekanligi sababli turli olimlar tomonidan bir-birini inkor etmagan holda
turli tariflar berilishiga olib keldi.
AQSh va G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida marketing
masalalari bo‘yicha milliy institutlar, turli assotsiatsiya, maktab va
tadqiqot markazlarining tashkil etilishi bu sohaning
rivojlanishiga olib
keldi. Marketing g‘oyalarining rivojlanishini Yevropa Marketing
Qo‘mitasi va Angliya Xalqaro Marketing Assotsiatsiyalari targ‘ibot
qildilar.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari va Rossiya bozor
munosabatlariga o‘tilgandan so‘ng marketing faoliyati firmalar va
korxonalar faoliyatiga jadal sur’atlar bilan joriy etila boshlandi.
1990-yilda Rossiya Marketing Assotsiatsiyasi tashkil etildi va uning
Prezidenti etib professor G.G.Abramshvili tayinlandi.
80-90-yillarda marketingning globallashuv jarayoni kuzatildi.
Avstraliyaning Kanberre shahrida 1992-yilda Global Marketing bo‘yi-
cha Xalqaro Konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning shiori bo‘lib «Marketing –
bu hamma narsa», «Marketing – bu BIZNES», deb jarangladi.
Marketingning fan va o‘ziga xos san’at sifatida shakllanishi va takomil-
lashuviga ko‘plab xorijiy mutaxassislar B.Berman, G.Bolt, M.Bruk,
A.Vayman, X.Vays, X. Verli, D. Gardner, D.Garst, X.Grenross, E.Dixtl,
P.Druker, R.Kamp, F.Kotler, J.Lamblen, T. Levitt, S. Madjaro, Meffert
X., R. Nishlag, Dj.Evans va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.