Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi
Yillar Nazariy
asoslari
Usullar
Qo‘llash
sohalari
1900-
1950-
yillar
Tovar haqida ta’limotning paydo
bo‘lishi, tovar tarqatishga xos yon-
dashuv, eksport va sotuv nazariya-
larining yaratilishi
kuzatuv, xarid va sotuv
jarayonining tahlili,
iste’molchilarni sotib
olish qobiliyati tahlili
ommaviy
tovarlar ishlab
chiqarish,
qishloq
xo‘jalik
tarmoqlari
1960
yillar
Sotuv haqida ta’limot, sotuv
hajmiga yo‘naltirilganlik tovar va
uning funksiyalariga urg‘u berish,
distribyuterlik nazariyasining
shakllanishi
rag‘batlar tahlili,
operatsiyalar tahlili,
modellashtirish
iste’mol
tovarlari
iste’molchilari
1970
yillar
Qaror qabul qilishning ilmiy
asoslari. Marketing tavsiya qiladi,
sotuvga yo‘naltirilganlik, iste’mol-
chiga qisman e’tibor
Faktoring, diskrimenant
tahlil, matematik usullar,
marketing modellari
Ishlab
chiqarish
vositalari va
iste’mol
vositalari
iste’molchilari
1980-
1990
yillar
Vaziyatli tahlil. Marketing menej-
ment funksiyasisifatida, raqobat
tahlili nazariyasi, ekologiya
asoslarining shakllanishi, strategik
marketing
pozitsiyalash, klaster
tahlili, iste’molchilar
tipologiyasi, ekspertiza,
sabab va oqibat tahlili
Ishlab
chiqarish
vositalari,
iste’mol
vositalari,
xizmat sohasi
iste’molchilari
1991
yildan
hozirga
qadar
Marketing haqidagi ta’limot
tadbirkorlikning funksiyasi va
instrumentariysi sifatida.
Bozor tarmoqlari nazariyasi,
kommunikatsiyalar nazariyasi va
o‘zaro ta’sir. Ijtimoiy va ekologik
yo‘naltirilganlik
pozitsiyalash, klaster
tahlili, iste’molchilar tipo-
logiyasi, ekspertiza,
iste’molchilar xulq-atvori
modeli, benchmarking,
o‘yinlar nazariyasi
Ishlab
chiqarish
vositalari,
iste’mol
vositalari,
xizmat sohasi
iste’molchilari,
foydasiz
korxonalar,
tadbirkorlik
subyektlari
14
Shuni ta’kidlash lozimki, 90 - yillar o‘rtalarida bozor tarmoqlarida
marketing kommunikatsiyalari to‘g‘risida nazariya va uslubiyotlar yara-
tildi.
Rossiya Fanlar Akademiyasi, Sankt Peterburg moliya-iqtisod
universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari olim va tadqiqotchilari
bozorni o‘rganish iste’molchilarni taqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot-
larni kengaytirdilar. Marketing rivojlanishi evolyutsiyasi uning iqtiso-
diyotning barcha sohalariga joriy etilishi bilan xarakterlanadi.
1-bosqichda Marketing amaliy iqtisodiyot sohasi sifatida ko‘rilib,
sotuvni samarali tashkil qilish, sotuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
vaziyatlarni tahlil qilish, firma faoliyati rentabelligini oshirishga qara-
tilgan.
2-bosqichda Marketingning turli konsepsiyalari shakllandi. Bu
davrda marketingning asosiy funksiyalari bozorni o‘rganish, reklama,
sotuvni rag‘batlantirish, sotuvni rejalashtirish kabilarga katta e’tibor
qaratiladi.
3-bosqichda Marketing bozor konsepsiyasini boshqarish sifatida
ko‘rilib, marketingning nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirishga
zarurat tug‘ildi.
4-bosqichda Marketing rivojining evolyutsiyasi marketingni
boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish usullarini
mukammallashtirsh, narx, kommunikatsiya, sotuv siyosatini amalga
oshirish orqali qarorlar qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha
nazariy va amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.
5-bosqichda Marketing – menejment nazariyasi rivojlana boshladi.
Bu nazariya zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda
bozor tarmoqlarining xususiyatlari, o‘zaro bir biriga ta’siri kabi
masalalarga katta e’tibor berildi. Raqobatli bozor sharoitida tovar sifati
uning xarakteristikasi, xizmat sifatiga asosiy e’tibor qaratildi. Ekologik
marketing konsepsiyasi shakllandi.
O‘zbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot o‘quv yurtlarida
marketing kurslari o‘qitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari
bilan S. Salimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov,
M. Qosimova, D.Muhitdinov, X.Raimov, A. Soliyev kabi olimlar ilmiy
tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda «Sovplastital» qo‘shma
korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Shuningdek,
«Toshkent to‘qimachilik mashinasozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati,
«V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlash-
masi» davlat-aksiyadorlik birlashmasi, «Toshkent qishloq xo‘jaligi
15
mashinasozligi» aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing
bo‘limlari ochildi.
4
Mamlakatimizda hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari,
yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing bo‘limlari
ish olib boradi.
Yillar davomida marketingning roli juda o‘zgaradi. Marketingning-
rivojlanishini tushunish zamonaviy marketingni tushunishga yordam
beradi. Bozordagi holat, raqobat darajasi, atrof-muhitga qarab firmalar
o‘zlari uchun turli marketing dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi:
1) oddiy savdo –sotiq davri;
2) ishlab chiqarish davri. Sanoat revolyutsiyasidan keyin to 1920-
yillargacha ko‘p kompaniyalar ishlab chiqarish davrida edilar («Ishlab
chiqarish davri» da kompaniyalar ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan);
3) realizatsiya davri.
1930-yillarga kelib G‘arb kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatini
keskin pasaytirdi, endi ishlab chiqarish muammo emas, balki raqobatda
yengib chiqib o‘z mahsulotini sotish muhim edi, («Realizatsiya davrida»
kompaniya raqobat kuchayganligi uchun sotuvga e’tibor qaratishi
tushuniladi);
4) marketing bo‘limi davri;
5) marketing kompaniyasi davri;
Oddiy savdo-sotiq
davri
Ishlab chiqarish davri
Realizatsiya davri
Marketing bo’limi davri
Marketing kompaniyasi
davri
Ortiqcha sotish
Taklifni ko’paytirishortiqcha
sotish
Raqobatda yengish
Umumlashtirish va nazorat
Mijozni uzoq muddatli
qanoatlantirish
1.2-rasm. Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi
4
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003-y. 479- bet
16
Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha
davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kom-
paniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kom-
paniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish,
jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib,
«Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing
bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir
bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi.
1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketo-
loglardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari
ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi.
Dostları ilə paylaş: |