Marketing jarayoni — ehtiyojni o‘rganish, mahsulot (xizmat)ni
xaridorlar va bozor imkoniyatlari darajasida ishlab chiqarish, taqsimlash,
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar va bosqichlar
Marketing kommunikatsiyalari majmuyi (ingl. marketing communication mix) — muayyan marketing kampaniyalarini o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan marketing vositalari — asbob-uskunalar, texnologiyalar va
ommaviy axborot vositalarining konkret yig‘indisi.
Marketing-miks — korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish uchun zaruriy marketing
tizimi, mahsulot, narx, sotuv joyi va sharti, reklama va rag‘batlantirishni
o‘z ichiga oluvchi marketing majmuasi.
Marketing tadbirlari — kompaniya marketing operatsiyalari yoki
alohida marketing tadbirida ishga solingan mehnat, moliya va materiallar
resurslari.
Marketing tadbirlari dasturi marketing to‘rt «p» harfida xulosalanadi.
— odatda marketing operatsiyalarini rejalashtirayotganda foydalaniladigan
buyumlar, texnologiyalar va ommaviy axborot vositalari yig‘indisi.
Marketing tadqiqotlari — mahsulot va xizmatlarni ayirboshlash va
ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlari
hamda muammolarining maqsadli guruhi tahlili. Ichki marketing axborot tizimi — firma (kompaniya) ichidagi doimiy
harakatdagi mablag‘lar, resurslar, ularning ishlatilishi to‘g‘risida va
umuman hisobotlardan iborat.
Marketing axborotlarini to‘plash usullari: Kabinet axborot to‘plash usuli bilan boshqa maqsadlarda: davlat
statistikasi, soliq idoralari, tijorat banklariga oid va boshqa talab etiladi-
gan maxsus hisobotlardan hamda matbuotda e’lon qilingan maqolalar,
nashr etilgan adabiyotlardagi va internet orqali berilgan reklama vosita-
laridagi axborotlar yig‘iladi; Dala usuli bilan axborot yig‘ishda birlamchi ma’lumotlar to‘g‘ridan
to‘g‘ri bozordan, korxonada, maxsus tanlangan joylarda so‘rov,