62
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi
mumkin bo‘lgan va sindikativ ma’lumotlar, deb ataluvchi keng omma
foydalana olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan
turlarga bo‘lish mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan,
axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti
uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning qanchalik
muhim ekanligini to‘g‘ri tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan
axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan
maqsadga erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot
afzalliklariga materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan
arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini tanlash imkoniyatini
kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi axborotlar kamchiliklarini ham aytib
o‘tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli darajada ishonchli va to‘liq
bo‘lmasligi mumkin.
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga
qaraganda kabinet tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam.
- ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq
qilish uchun zarur bo‘lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj
bo‘lmaydi;
-birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma
faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan
guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul
qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumot-
larni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi.
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish
uchun maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: