O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Benchmarking – marketing tadqiqoti funksiyasi sifatida. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina firmalarning raqobat afzalligi ko‘plab
tashqi va ichki omillarga bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlikning turli
subyektlari bilan samarali hamkorlik va muloqot o‘rnatish juda muhim
hisoblanadi. Raqobat kurashida kutilmagan holatlarga duch kelish,
marketing tashqi muhiti, ya’ni makro muhiti omillari ta’siriga duch
kelish hollarida yengilmaslik uchun marketing tizimining subyektlari
bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.
Benchmarking – ingliztilida standart, mo‘ljal ma’nosini anglatadi.
Firma o‘z faoliyatida qaysi mo‘ljalga, raqobatchining qaysi kuchli
tomoniga asoslanib o‘zini rivojlantirishi, kuchli tomonlarini
ko‘paytirishi, qanday yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali o‘z
afzalligini kuchaytirishi mumkin, degan savollarga amaliy javob topib,
keyingi xatti-harakatini rejalashtirishi kerak.
Amaliyotda marketing tadqiqotlari, deganda iste’molchilar,
raqobatchilar, xaridorlar haqida axborot to‘plash, saqlash, qayd qilish va
ularni tahlil qilish tushuniladi. Ular asosida mahsulot assortimentini
o‘zgartirish, narx — navo siyosatini qayta ko‘rib chiqish, sotishni tashkil
qilishni takomillashtirish kabi vazifalar hal qilinadi. Lekin bu
ma’lumotlar firmaning ichki ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga hech
qanday aloqasi yo‘q. Masalan, nima uchun mahsulot tannarxi oshib
ketib, firma mahsulotining narxi raqobatchi firmanikiga qaraganda
yuqori narx bo‘ldi, nima uchun tovar aylanmasi dinamikasi tushib ketdi,
nima uchun korxona foydasi kichik va hokazo savollarga javob topish
uchun ichki moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak.
Iste’molchilarni so‘rovnomadan o‘tkazishda tovar, uning xususiyatlari,
narxi, foydaliligi kabi savollarga javob olib, undagi fikrlarga qarab
ma’lum tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Benchmarking
hozirgi sharoitda firmaning raqobat afzalliklari, raqobatdoshligi o‘sishini
va samarali tadbirkorlik strategiyasini shakllantirishda marketing
tadqiqotlarining falsafasi va vositasi bo‘lib hisoblanadi.