55
qilinishidan huquqiy himoyalashni ta’minlaydi; xaridorlarning barqaror kontingentini
jalb qilish imkoniyatini yaratadi; bozor segmentatsiyasini engillashtiradi; korporativ
imidjni kuchaytiradi va yangi markalarni joriy kilishni osonlashtiradi.
Tovar markalari shuningdek, bozor hokimligini egallab olish va firmaning
moliyaviy pozitsiyalarini mustahkamlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. SHu
sababli markalarni boshqarishning vazifalaridan biri tovar markasini rivojlantirish,
uning hatti-harakatlarini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi marka
strategiyalari ishlab chiqiladi: tovar qatorini kengaytirish strategiyasi (mavjud
markani yuzaga kelgan tovar nomenklaturasiga tarqatish); tovar markasi
chegaralarini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish);
ko‘p markalilik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan ortiq
markani ishlab chiqish).
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina uzoq vaqt davomida
muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy to‘siqlarning mavjudligi, shuningdek,
xaridorlarni yangi kiritilgan markaga ko‘niktirish zarurati yangi tovar markasini
tayyorlash va rivojlantirish uchun sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun doimiy
ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: